CEFR
Tillar boʻyicha umumiy Yevropa maʼlumot tizimi: oʻrganish, oʻqitish, baholash (Common European Framework of Reference, CEFR) Yevropa Ittifoqida qoʻllaniladigan chet tilini bilish darajalari tizimidir. Yevropa Kengashi tomonidan 1989—1996-yillar oraligʻida „Yevropa fuqaroligini olish uchun til oʻrganish“ loyihasining asosiy qismi sifatida ishlab chiqilgan. CEFR tizimining asosiy maqsadi barcha Yevropa tillari uchun qoʻllaniladigan baholash va oʻqitish usulini taqdim etishdan iborat. 2001-yilning noyabr oyida Yevropa Ittifoqi Kengashining natijalariga koʻra, tilni bilish darajasini baholash hamda milliy tizimlarni yaratish uchun CEFR dan foydalanishni tavsiya qilinmoqda.
Tizimning tashkil etilish tarixi Yevropaga ish izlab keluvchilar sonining ortishi bilan bogʻliq. XX asrning oʻrtalarida Yevropada ishlab chiqarish taraqqiy eta boshlagan va yangi ish oʻrinlari yaratilib, koʻproq ishchi kuchiga talab orta borgan sari, Yevropaga ish izlab keluvchi va bu yerda butunlay yashab qolish niyatida tashrif buyurayotganlar soni ortib bordi. Oʻsha vaqtda Yevropada ispan, nemis, fransuz va italyan tillaridan tashqari Ingliz tili ham keng miqyosda ishlatilardi. Yevropaga yashab qolish uchun kelayotganlar Yevropaning mahalliy aholisi bilan bemalol, muammosiz gaplasha olishlari kerak edi. Shuning uchun Yevropaga ishlash uchun kelayotganlar maxsus imtihonlar topshirishlari kerak boʻlgan. CEFR tizimiga asoslangan imtihonlar dastlab Yevropada amal qiladigan barcha tillar boʻyicha olingan boʻlsa-da, bugungi kunda CEFR tizimidan eng koʻp hollarda ingliz tilini oʻqitish, oʻrganish va baholashda foydalanilayapti. Chunki butun dunyo ingliz tilida gaplashayapti va bu til birinchi raqamli jahon tiliga aylanib ulgurgan.
Darajalar
tahrirHar bir daraja uchun talabaning oʻqish, tinglash, gapirish va yozishda ega boʻlishi kerak boʻlgan bilim va koʻnikmalari tavsiflanadi. CEFR tizimi tillarni bilish darajasini uchta: A, B va C guruhlarga ajratgan holda baholaydi. CEFR darajalari sifatida berilgan baho quyidagilarni anglatadi:
A1 va A2 darajalar - tilni endi oʻrganayotgan, boshlangʻich bosqichdagi foydalanuvchi, B1 va B2 darajalar — tildan erkin foydalana oladigan, oʻrtachadan yuqori darajadagi foydalanuvchi; C1 va C2 darajalar - tilni mukammal darajada biladigan foydalanuvchilar
Ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda dastlab Oksford va Kembrijda ishlab chiqarilgan darsliklarda qoʻllangan va hozirgacha oʻquv qoʻllanmalari va test tizimlarida (masalan, TrackTest) keng qoʻllanil adigan norasmiy tizim ishlab chiqilgan. Keng qoʻllanilishiga qaramay, „Britaniya“ tizimi koʻplab oʻzgarishlarga ega va quyida faqat eng koʻp qoʻllaniladigan (masalan, darslik nomlarida) daraja nomlari keltirilgan.
Britancha til bilish darajasining umumiy Yevropa va Amerika (ILR) tasnifi oʻrtasidagi tahminiy muvofiqlik quyidagicha:
- Beginner / Starter — A1 — ILR Level 0
- Elementary — A2 — ILR Level 1
- Pre-Intermediate — A2/B1
- Intermediate — B1 — ILR Level 2
- Upper-Intermediate — B2 — ILR Level 3
- Advanced — C1 — ILR Level 4
- Proficiency — C2 — ILR Level 5
Joriy narx
tahrir2023-yil mart holatiga koʻra toʻlanadigan toʻlov 405 000 soʻmni tashkil etadi[1].
Manbalar
tahrir- Tillarni oʻrganish, oʻqitish va baholash uchun umumiy Yevropa maʼlumotnomasi Arxivnaya kopiya. — Strasburg, 1986-yil.
- Tillar boʻyicha umumiy Yevropa maʼlumotnomasi:. prof. K. M. Irisxanova. — M.: MSLU nashriyoti, 2003-yil.
Havolalar
tahrir- Yevropa Kengashi: tillar boʻyicha umumiy Yevropa maʼlumotnomasi
- Yevropadagi til sinovchilari assotsiatsiyasi Arxivnaya kopiya
- Tillar boʻyicha Yevropa maʼlumotnomasi (parcha) (Wayback Machine saytida 2007-12-29 sanasida arxivlangan) 2007 Arxivnaya kopiya
- Grammatika va olingan koʻnikmalarning kengaytirilgan tavsifi Arxivnaya kopiya
- CEFR ingliz tilini bilish darajalari tavsifi va Kembrij, IELTS va TOEFL bilan solishtirish Arxivnaya kopiyada arxivlangan