COVID-19 pandemiyasi

COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi

COVID-19 pandemiyasi – SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi.[2] Ilk marotaba 2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi.[3] Koronavirus kelib chiqishini tekshirayotgan mutaxassislari xastalikning laboratoriyadan chiqqani haqidagi taxminni rad etdi. Tadqiqot jarayoni uchun asos boʻlib xizmat qilgan maʼlumotlar esa xitoylik hamda xorijlik olimlarning birgalikdagi izlanishlari natijasida toʻplangan. Yakuniy xulosalar eʼlon qilinishining kechikishiga esa ekspertlar oʻrtasidagi taxminiy kelishmovchiliklar sabab emasligi qayd etilgan[4]. 9-may 2022-yilga qadar virusni 192 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi 517 milliondan oshiq odam yuqtirdi; 6 250 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 472 milliondan oshiq odam esa tuzaldi.[5] Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.[5]

COVID-19 pandemiyasi


2021-yilning yanvar oyigacha virusni yuqtirganlar soni aks etgan xarita

   har 1 000 kishiga >1 holat
   har 10 000 kishiga 1–10 holat
   har 100 000 kishiga 1–10 holat
   har 1 million kishiga 1–10 holat
   har 10 million kishiga 1–10 holat
   har 100 million kishiga 1–10 holat

Map of total confirmed cases as of Q95963597
  1,000,000+
  100,000–999,999
  10,000–99,999
  1,000–9,999
  100–999
  1–99
  None or no data

Andoza:Collapsed infobox section end

Andoza:Collapsed infobox section begin
Kasallik COVID-19 koronavirus infeksiyasi (COVID-19)
Virus shtammlari Ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 (SARS-CoV-2)
Joylashuv Jahon miqyosida (hududlar roʻyxati)
Birinchi holati Uxan, Xubey, Xitoy
30°37′11″N 114°15′28″E / 30.61972°N 114.25778°E / 30.61972; 114.25778
Sana 1-dekabr 2019 – 5-may 2023
Tasdiqlangan holatlar 517 371 131[1]
Faol holatlar 38 958 629[1]
Tuzalish 472 161 018[1]
Oʻlimlar
6 251 484[1]
Territoriya
192[1]

Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadigan kasallikning bir turi hisoblanadi.[6][7][8] Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin.[9] Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin.[8][10] Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir.[8][10] Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.[7][8][11]

Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, komendantlik soati, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi chora tadbirlar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi,[12][13] Xitoy va Janubiy Koreyada komendantlik soati joriy qilindi,[14][15][16] turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi,[17][18] aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi,[19] virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi.[20][21][22] Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi.[23] Oʻzbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi.

Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi,[24] sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi,[25] dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi.[26][27] Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalari urchidi,[28][29] turli mamlakatlarda ksenofobiya va irqchilik holatlari kuzatildi, vahimaga tushgan xaridorlar tualet qogʻozi kabi mollarni koʻp miqdorda sotib olishi kuzatildi.[30] 2021-yil iyul oyida JSST raisi Tedros Adhanom Ghebreyesus vaksinatsiyalar oqibatida koronavirusning vaksinalarga chidamli shtammi paydo boʻlishi mumkinligini aytdi[31].

Koronavirus kasalligi haqida video lavha (skript)

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbarining murojaati

2021-yil aperl oyida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanom dunyo rahbarlarini zudlik bilan emlashni boshlamagan mamlakatlarga 10 million doza koronavirus vaksinasini ajratishga chaqirdi.

"Koronavirusga qarshi vaksinaga ega boʻlgan mamlakatlarga ushbu preparatga ehtiyoji bor davlatlar uchun 10 million doza vaksina ajratishini soʻrab murojaat qilganman. Ammo davlat rahbarlaridan hamon javob kutyapman", – deya taʼkidlagan Tedros Adhanom.[32]

Vaksinatsiya

Koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 2021-yil iyul oyi holatiga koʻra dunyo boʻyicha 3 milliard 436 million doza vaksina ishlatilgan[33].

Tugatilishi

Pandemiya JSST maʼlumotiga koʻra 2023-yil 5-may kuni bekor qilindi[34]. COVID-19 pandemiyasi roppa-rosa 3 yil, 1 oy, 24 kun davom etdi. Mana shu vaqt oraligʻida koronavirus sabab dunyo boʻyicha 7 millionga yaqin inson halok boʻldi, 765 milliondan ortiq kasallanish holatlari aniqlandi[35]. Bundan avval aprel oyi boshlarida Germaniyada COVID-19 pandemiyasi butunlay tugaganini maʼlum qilgan, hamda, 7-apreldan niqob taqishga oid barcha cheklovlar olib tashlangan[36].

Manbalar

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „COVID-19 boshqaruv paneli — Tizim fanlari hamda muhandislik markazi (inglizcha Center for Systems Science and Engineering, qisqartmasi CSSE) (Johns Hopkins universiteti)“. ArcGIS. Johns Hopkins universiteti. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  2. „Coronavirus disease 2019“. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti. Qaraldi: 15-mart 2020-yil.
  3. „WHO Director-General's opening remarks at the media briefing on COVID-19 – 11-mart 2020“. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (12-mart). Qaraldi: 12-mart.
  4. „ЖССТ коронавируснинг келиб чиқиши ҳақидаги тахминлардан бирини рад этди“. Bugun.uz. 2021-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 19 март. (Wayback Machine saytida 2021-08-07 sanasida arxivlangan)
  5. 5,0 5,1 „Coronavirus Update (Live)—Worldometer“. ncov2019.live.
  6. „Getting your workplace ready for COVID-19“. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (27-fevral 2020-yil).
  7. 7,0 7,1 „Q&A on coronaviruses“. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (11-fevral 2020-yil). Qaraldi: 24-fevral 2020-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 „Symptoms of Novel Coronavirus (2019-nCoV)“. US Centers for Disease Control and Prevention (10-fevral 2020-yil). Qaraldi: 11-fevral 2020-yil.
  9. „Coronavirus Disease 2019 (COVID-19)“. Centers for Disease Control and Prevention (16-mart 2020-yil).
  10. 10,0 10,1 Rothan, H. A.; Byrareddy, S. N. (February 2020). „The epidemiology and pathogenesis of coronavirus disease (COVID-19) outbreak“. Journal of Autoimmunity. 102433-bet. doi:10.1016/j.jaut.2020.102433. ISSN 0896-8411. PMID 32113704.
  11. „Coronavirus Disease 2019 (COVID-19)“. US Centers for Disease Control and Prevention (11-fevral 2020-yil). Qaraldi: 9-mart 2020-yil.
  12. „Coronavirus: Germany orders closure of non-essential shops and playgrounds“. The Local. Qaraldi: 14-mart 2020-yil.
  13. Noemie, Bisserbe „France's Macron Orders Nationwide Lockdown Over Coronavirus“. The Wall Street Journal. Qaraldi: 18-mart 2020-yil.
  14. „Coronavirus: Shanghai neighbour Zhejiang imposes draconian quarantine“. South China Morning Post (6-fevral 2020-yil). 6-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2020-yil.
  15. Marsh, Sarah. „Four cruise ship passengers test positive in UK – as it happened“. The Guardian (23-fevral 2020-yil). Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.
  16. „ja:新型肺炎流行の中国、7億8000万人に「移動制限」“ (ja). CNN Japan.
  17. Nikel, David „Denmark Closes Border To All International Tourists For One Month“. Forbes. Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  18. „Coronavirus: Poland to close borders to foreigners, quarantine returnees“ (14-mart 2020-yil). Qaraldi: 13-mart 2020-yil.
  19. „Coronavirus Update: Masks And Temperature Checks In Hong Kong“. Nevada Public Radio. 2020-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-yanvar 2020-yil.
  20. Deerwester, Jayme; Gilbertson, Dawn. „Coronavirus: US says 'do not travel' to Wuhan, China, as airlines issue waivers, add safeguards“. USA Today. 27-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-yanvar 2020-yil.
  21. „Coronavirus Live Updates: Europe Prepares for Pandemic as Illness Spreads From Italy“. The New York Times (26-fevral 2020-yil). Qaraldi: 26-fevral 2020-yil.
  22. „Coronavirus (COVID-19): latest information and advice“. Government of the United Kingdom. Qaraldi: 27-fevral 2020-yil.
  23. „Coronavirus impacts education“. UNESCO (4-mart 2020-yil). Qaraldi: 7-mart 2020-yil.
  24. „Here Comes the Coronavirus Pandemic: Now, after many fire drills, the world may be facing a real fire“. The New York Times (29-fevral 2020-yil). Qaraldi: 1-mart 2020-yil.
  25. „Coronavirus Cancellations: An Updating List“. The New York Times (16-mart 2020-yil).
  26. Scipioni, Jade „Why there will soon be tons of toilet paper, and what food may be scarce, according to supply chain experts“. CNBC (18-mart 2020-yil). Qaraldi: 19-mart 2020-yil.
  27. „The Coronavirus Outbreak Could Disrupt the U.S. Drug Supply“. Council on Foreign Relations. Qaraldi: 19-mart 2020-yil.
  28. Perper, Rosie. „As the coronavirus spreads, one study predicts that even the best-case scenario is 15 million dead and a $2.4 trillion hit to global GDP“. Business Insider (5-mart 2020-yil).
  29. Clamp, Rachel „Coronavirus and the Black Death: spread of misinformation and xenophobia shows we haven't learned from our past“. The Conversation (5-mart 2020-yil). Qaraldi: 14-mart 2020-yil.
  30. Weston, Liz „Stop panic-buying toilet paper: How to stock up smart, emergency or not“. MarketWatch. Qaraldi: 20-mart.
  31. „«Один из штаммов научится обходить вакцины», — глава ВОЗ“. Взгляд.uz. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  32. „ЖССТ раҳбари коронавирусга қарши эмлашни бошлаган давлатларга мурожаат қилди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.
  33. „В мире от COVID-19 вакцинировалось почти 3,5 миллиарда человек“. Взгляд.uz. 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.
  34. „JSST koronavirus pandemiyasi tugaganini e`lon qildi“. www.darakchi.uz. Darakchi matbuot uyi (5-may). 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2023-yil.
  35. „ЖССТ коронавирус пандемияси тугагани ҳақида эълон қилди“. Kun.uz. Qaraldi: 5-may 2023-yil.
  36. „Germaniyada Covid-19 pandemiyasi butunlay tugagani ma'lum qilindi“. TRT.net.tr (06.04.2023 ~ 15.04.2023). Qaraldi: 5-may 2023-yil.

Havolalar