Camdakı kız (roman)

(Camdakı kızdan yoʻnaltirildi)

Camdakı kızturk yozuvchisi Gülseren Budayıcıoğlu tomonidan yozilgan va 2019-yilda chop etilgan asar.

Camdaki kız
Muallif(lar) Gülseren Budayıcıoğlu
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 2019
Nashriyot Doğan Kitap

Syujet

tahrir

Yoshligida shohona hayot kechirib, keyinchalik, boy va obroʻli oilaga kelin boʻlgan Nalan maʻlum muddat oʻtgach, xotirasini yoʻqotadi. Uni bu oilaga keltirgan inson yetti yil Nalan bilan birga vaqt oʻtkazgan Hayridir. Hayri Nalanga hayotida boshqa sevgani borligi haqida aytgach, Nalanning turmushi ostin-ustun boʻladi. Hatto, bir necha bor oʻz joniga qasd qilishga urinadi. Nalan shifokoriga hayot hikoyasini asta-sekin soʻzlab berishni boshlaydi. Avval, Hayri bilan boʻlgan munosabatini va Hayri uni tark etishidan qanchalar qoʻrqqanligi haqida aytib beradi.

Dastlab, Nalanning mutaxassisligi meʼmorchilik hisoblanadi. U oʻzi ishlaydigan shirkatda boy odamning oʻgʻli Sedat bilan turmush quradi. Har qanday vaziyatda qaynotasi va qaynonasi Nalanni qoʻllab-quvvatlasa ham, Sedat unga nisbatan sevgi, shavfqat kabi tuygʻularini koʻrsatmaydi. Xayoli faqat eng soʻnggi moda, zamonaviy kiyimlar kiyishda, goʻzal yerlarda sayr qilish, dabdabali mashinalar sotib olish va otasidan yashirincha qimor oʻynashda boʻlgan Sedat, Nalanga eʼtibor qaratmaydi. Nalan homilasini yoʻqotgach, ogʻir stressga tushadi va maʼlum muddat ishidan ayriladi. U aynan oʻsha kezlarda ota-onasini ham yoʻqotadi. Biroz vaqt oʻtgach, qaynotasining yordami bilan ishiga qaytadi. Haydovchilik va xavfsizlikni bajarish uchun Nalan xizmatiga shirkat hodimi Hayri beriladi. Nalan Hayrini sevib qoladi. Eri bilan ajrashib, Hayri bilan turmush quradi va ular 7 yil birga yashashadi. Nalan va Hayri turmush qurgach, 3 ta farzandli boʻlishadi. Biroq, asar soʻngida Hayri uni tark etadi[1].

Mavzusi

tahrir

Kitob hayoti davomida sevgi koʻrmagan qiz haqida hikoya qiladi. Camdaki kız kitobining mavzusi sevgining inson hayotidagi ahamiyati haqida[2].

Qahramonlar

tahrir

*Nalan: Romanning bosh qahramoni. Asar soʻngida psixalogik travmaga uchraydi.

*Hayri: Ayoli boʻlsa ham Nalan bilan turmush qurgan kishi.

*Sedat: Nalan bilan turmush qurgach, unga zarracha mehr-muhabbat koʻrsatmagan inson.

*Türkan: Hayrining xotini.

*Lazkızı: Hayrini oʻldirgan kishi.

Ekranlashtirish

tahrir

Asar ilk marotaba 2021-yil 8-aprelda serial holida ekranlarga uzatilgan. Rejissyor — Nadim Güç, ssenariychi — Seda Altaylı va Yeşim Aslan. Bosh rollarni Burcu Biricik, Feyyaz Şerifoğlu, Selma Ergeç, Enis Arıkan va Cihangir Ceyhanlar ijro qilishgan. Serial 3 ta sezondan iborat. Bu uch sezon 82 ta qismni tashkil qiladi. Teleserial 2023-yil 15-iyundan boshlab efirga uzatilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Camdaki Kız Özeti, Konusu ve Karakterleri - Kitap Diyarı“. kitapdiyari.com. 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.
  2. „Camdaki Kız Kitap Özeti ve İncelemesi“. Yazbuz.com. 2024-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.
  3. „Camdaki Kız (dizi)“. tr.m.wikipedia.org. 2024-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-sentyabr.