Cameco
Cameco - Kanadaning tog'-kon kompaniyasi va dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchilardan biri. MakArtur River konida Cameco dunyodagi uran qazib olishning taxminan 14-13%ni (2009-2012-yil holatiga ko'ra) [2][3] hamda 3% - Rabbit Lake konida (2009) [2] qazib olgan.
kompaniya logotipi | |
Turi | Ochiq Aksiyadorlik Jamiyati |
---|---|
Tarmogʻi | konchilik va energetika |
Qachon asos solingan | 1988-yil |
Joylashuvi | 2121 11-koʻcha, Ğarbiy Saskatun, Saskachevan S7M 1J3 |
Prezidenti | Tim Gitzel |
Direktori | Nik Makmillan |
Mahsulot(lar)i | uran va elektr |
Daromadi | 2.431 mlrd. kanada dollari |
Aylanma daromadi | 1 475 000 000[1] |
Ishchilar soni | 3300 butun dunyo (2010-yil) |
Kompaniyani tashkil etilishi
tahrirKompaniya ikkita kompaniyaning qo'shilishi natijasida tashkil etilgan bo'lib, ulardan biri davlatga tegishli edi. Keyin, 1991-yilda IPO amalga oshirildi.
Kompaniya nomi quyidagi so'zlarning birinchi harflaridan kelib chiqqan: Ca nadian M ining and E nergy Co rporation.
Konlar
tahrirHozirda kompaniya 4 ta konda (Kanadada 2 ta va AQShda 2 ta) uran qazib chiqaradi. Cameco shuningdek, Qozog'istonda (Inkai [2] ) kon loyihalarini ishlab chiqmoqda.
Kanadadagi konlar:
- MakArtur River - yer osti koni. Rudadagi uran oksidining ulushi o'rtacha 20% ni tashkil qiladi. 2009-yilda ishlab chiqarish - 7,4 ming tonna uran, resurslar - 128,9 ming tonnani tashkil qilgan[2] .
- Rabbit Lake (Eagle Point) - yer osti koni. Rudadagi uran oksidining ulushi 1% dan bir oz kamroq. 2009-yilda ishlab chiqarish - 1,4 ming tonna uran, resurslar - 8,2 ming. tonnani tashkil qilgan [2] .
AQShdagi konlar [2] :
- Crow Butte
- Smit Ranch - Highland
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title) — С. 32.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Susan Hall, Margaret Coleman „Table 1. Top ten uranium producing mines in 2009: production, reasonably assured resources, and mine life.“, . Critical Analysis of World Uranium Resources: U.S. Scientific Investigations Report 2012–5239, Denver, Colorado, 2013 — 23-bet.
- ↑ Susan Hall. „World Uranium Resources, Supply and Demand“ (en). USGS, Energy from the Earth A Congressional Briefing Series (11-mart 2014-yil). Qaraldi: 2014-yil 26-dekabr.