Canelones departamenti (talaffuzi:kaneˈlones) Urugvayning 19 ta boʻlimlaridan biri hisoblanadi. Maydoni 4,536 km², aholisi esa 518,154 kishidan iborat. Urugvayning janubida joylashgan ushbu departamentning poytaxti – Canelones shahridir.

Canelones Departamenti

Canelones
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
34°31′0″S 56°17′0″W / 34.51667°S 56.28333°W / -34.51667; -56.28333
Mamlakat Urugvay
Asos solingan 1816
Aholisi
520,187
Vaqt mintaqasi UTC-3:00
Canelones Departamenti xaritada

Geografiyasi

tahrir

Canelones departamenti sharqda Maldonado va Lavalleja, shimolda Florida, gʻarbda San-Xose va janubda Montevideo departamentlari bilan oʻzaro chegaralarga ega. Janubiy chegaraning bir qismi Rio de la Plata bilan ham tutashgan. Canelones Montevideodan keyin mamlakatning ikkinchi eng kichik departamenti, ammo aholi soni boʻyicha Urugvayda ikkinchi oʻrinda turadi.

Ushbu departament biroz namroq boʻlgan mintaqada joylashgan boʻlib, oʻrtacha harorat mamlakatning qolgan qismlariga nisbatan past (taxminan 15 °C). Yogʻingarchilik darajasi esa yiliga oʻrtacha 2000 mmni tashkil qiladi.

 
Santa Lusiya daryosi.

Tarixi

tahrir

Canelones 1830-yilda tashkil etilgan dastlabki toʻqqizta departamentlardan biri. Hozirgacha uning chegaralari deyarli oʻzgarmadi. 

Iqtisodiyoti

tahrir

Qishloq xoʻjaligi Canelones iqtisodiyotiga asosiy hissa qoʻshadigan sohalardan biridir. Uzum yetishtirish keng tarqalgan va bu hudud Urugvayning rivojlanayotgan vino sanoatiga katta hissa qoʻshmoqda. Bundan tashqari, boshoqli don ekinlari – asosan makkajoʻxori, turli xil meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Turizm ham departamentga katta daromad qiladigan sohalaridan biri hisoblanadi.

Aholisi

tahrir

2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda Canelones departamentida 520,187 aholi va 222,193 xonadonlar mavjud boʻlgan[1]. Uy xoʻjaliklari oʻrtacha kattaligi 2-3 kishidan iborat boʻlgan. Canelones departamentida 48,219 (9,3%) nafar qishloq aholisi borligi qayd etilgan[1].

Canelones departamenti uchun 2010-yildagi demografik maʼlumotlar[2][3]:

  • Aholi oʻsish darajasi: 1095%
  • Tugʻilish darajasi: 14,83 tugʻilish/1000 kishi
  • Oʻlim darajasi: 8,45 oʻlim/1000 kishi
  • Oʻrtacha yoshi: 32,9 (31,4 erkak, 34,3 ayol)
  • Tugʻilganda kutilayotgan umr koʻrish
    • Umumiy aholisi: 76,37 yosh
    • Erkak: 72,95 yosh
    • Ayol: 80.00 yil
  • Uy xoʻjaligining oʻrtacha daromadi: oyiga 25,087 peso
  • Aholi jon boshiga shahar daromadi: oyiga 10,015 peso
Shahar / Qishloq Aholi soni
Ciudad de la Costa 113,257
Las Piedras 71,258
Barros Blancos 31,650
Pando 25,947
La Paz 20,524
Canelones 19,865
Santa Lucía 16,742
Progreso 16,244
Villa Crespo y San Andrés 9,813
Colonia Nicolich 9,624
Fracc. Camino del Andaluz y R.84 9,295
Salinas 8,626
Parque del Plata 7,896
San Ramón 7,133
Joaquín Suárez 6,570
Sauce 6,132
Atlántida 5,562
Tala 5,089
Neptunia 4,774
Pinamar – Pinepark 4,724
San Jacinto 4,510
Toledo 4,397
Shahar / Qishloq Aholi soni
Villa Aeroparque 4,307
Empalme Olmos 4,199
Santa Rosa 3,727
Marindia 3,543
Las Toscas 3,146
Cerrillos 2,508
Estación Atlántida 2,274
Migues 2,109
San Bautista 1,973
San Luis 1,878
Dr. Francisco Soca 1,797
Montes 1,760
La Floresta 1,595
Fracc. sobre R.74 1,513
San Antonio 1,489
Villa San José 1,419
Villa Felicidad 1,344
Estación La Floresta 1,313
Juanicó 1,305
City Golf 1,104
Aguas Corrientes 1,047
Shahar / Qishloq Aholi soni
Costa Azul 965
Barrio Cópola 826
Lomas de Carrasco 806
Estanque de Pando 770
Jardines de Pando 756
Totoral del Sauce 746
Olmos 662
Seis Hermanos 622
Villa Argentina 622
Villa El Tato 615
Costa y Guillamón 550
Villa Paz S. A. 542
Cuchilla Alta 527
Castellanos 520
Villa Porvenir 507
Barrio La Lucha 492
 
Canelones departamenti munitsipalitetlarini koʻrsatadigan xarita.

Munitsipalitetlari

tahrir

2010-yil 15-martda 18.653-sonli Ley qonuni bilan Canelones departamentida quyidagi munitsipalitetlar tashkil etildi[4]:

Manba: Intendencia Municipal de Canelones[5][6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Censos 2011 Canelones (flash plugin needed)“. INE (2012). 2012-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
  2. „Uruguay en cifras“ (es) (PDF). INE (2011). Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
  3. „Censos 2011 Cuadros Canelones“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
  4. „Ley Nº 18.653“. República Oriental del Uruguay, Poder Legislativo (2010). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-sentyabr.
  5. „Municipios Canarios“. Comuna Canaria (2012). Qaraldi: 2012-yil 11-sentyabr.
  6. „ELECCIONES - Canelones“. El Observador. 2012-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-fevral.

Havolalar

tahrir