Canva
Canva bu grafik dizayn platformasi boʻlib, odamlar undan SMM, posterlar, taqdimotlar, hujjatlar va boshqa vizual ishlarni yaratishda foydalanishadi.[3][4][5] Saytda tayyor dizayn qoliplari mavjud. Platformani ishlatish bepul boʻlib, qoʻshimcha imkoniyatlarni taqdim qiluvchi pullik obunalar — Canva Pro and Canva for Enterprise ham mavjud.[6]
Kompaniya logotipi | |
Turi | Xususiy |
---|---|
Tarmogʻi | Grafik dizayn |
Qachon asos solingan | 2013 |
Joylashuvi | Sidney, Avstraliya |
Hududiy xizmati | Dunyo boʻyicha |
Asoschi(lari) | Melanie Perkins, Cliff Obrecht va Cameron Adams |
Mahsulot(lar)i | Canva, Canva Pro, Canva for Enterprise, Canva for Education |
Aylanma daromadi | 2 000 000 000[1] |
Ishchilar soni | 1,500[2] |
Vebsayti | canva.com |
2020-yil iyunida, Canva 60 million avstraliya dollari miqdoridagi investitsiya jalb qilib, bozordagi narxini 6 milliard Avstraliya dollariga yetkazib oldi. Bu 2019-yilgi platformaning narxidan 2 barobar koʻproqdir.[7][8]
Tarixi
tahrirCanva Avstraliyaning Perth shahrida Melanie Perkins, Cliff Obrecht va Cameron Adamslar tomonidan 2013-yilning 1-yanvarida ishga tushirilgan. Faoliyatining ilk-yilida, Canva foydalanuvchilar soni 750,000 taga yetadi.[9] 2014-yil aprelida, ijtimoiy tarmoqlar va texnologiyalar boʻyicha ekspert Guy Kawasaki kompaniyaga brendni tanituvchi (Brand Promoter) sifatida qoʻshiladi.[10] 2015-yilda, marketing materiallariga koʻproq eʼtibor berilgan Canva for Work servisi ishga tushadi.[11]
2016-2017-yillar oraligʻida, Canvaning daromadi 6.8 million Avstraliya dollaridan 23.5 million Avstraliya dollariga yetib, 3.3 million Avstraliya dollariga teng zarar bilan chiqdi. 2017-yilda kompaniya rentabellikka erishdi va oʻsha payt platforma 294000 toʻlovchi mijozlarga ega edi.[12]
2018-yil yanvar oyida Perkins kompaniya Sequoia Capital, Blackbird Ventures va Felicis Ventures kompaniyalaridan 40 million Avstraliya dollari miqdoridagi investitsiya jalb qilinib, kompaniya 1 milliard Avstraliya dollariga baholanganini eʼlon qildi..[12][13][14]
2019-yil may oyida General Catalyst va Bond va uning mavjud sarmoyadorlari Blackbird Ventures va Felicis Ventures kompaniyalari orqali Canvaga 70 million Avstraliya dollari investitsiya kiritilib, kompaniya bahosi 2.5 milliard Avstraliya dollariga yetdi.[15]
2019-yil oktabr oyida kompaniya qoʻshimcha 85 million Avstraliya dollar investitsiya jalb qilib, bozordagi uning narxi 3.2 milliard Avstraliya dollarini tashkil qilganini va yirik korparatsiyalar uchun servis ishga tushganini eʼlon qildi.[7]
2019-yil dekabr oyida, Canva oʻquvchilar va oʻqituvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni osonlashtirish uchun moʻljallangan maktablar va boshqa taʼlim muassasalari uchun bepul taqdim etiluvchi Canva for Education servisini ishga tushirdi.[16]
2020-yil iyun oyida, Canva FedEx Office bilan, keyingi oy esa Office Depot bilan hamkorlik qilishni boshlaganini eʼlon qildi. 2020-yil iyun holatiga koʻra, Canvaning bahosi 6 milliard Avstraliya dollariga yetdi.[17]
Maʼlumotlarning sizishi
tahrir2019-yil may oyida,139 million Canva foydalanuvchi maʼlumotlari tarqalib ketadi.[18] Chiqib ketgan maʼlumotlar foydalanuvchilarning haqiqiy ismlari, foydalanuvchi nomlari, manzillar va geografik maʼlumotlar va baʼzi foydalanuvchilarning parollaridan iborat edi.[19] Canvaning tezda bunga qarshi koʻrgan chorasi olqishlangan boʻlsada, foydalanuvchilarga yuborilgan maʼlumotlar sizishi haqidagi email xatlari uchun tanqidga uchradi. Yuborilgan xatlar undan oldin joʻnatilgan marketing maqsadida foydalanilgan reklama emaillari ostida „koʻmilib“ ketgan.[20][21]
Xarid qilishlar
tahrir2018-yilda, kompaniya prezintatsiyalar qismini rivojlantirish maqsadida Zeetings stratapini sotib oldi. Bitim qiymati oshkor qilinmagan.[22]
2019-yil may oyida, Germaniyada joylashgan ikkita bepul fotosurat saytlari Pixabay va Pexels sotib olinganligini eʼlon qildi.[23]
2021-yil fevral oyida, Canva Avstriyaning Kaleido.ai startapini va Chexiyada joylashgan Smartmockups kompaniyasini sotib oldi.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 Lee, Yoolim. „Australia's Canva Buys European Design Startups to Fuel Growth“ (en). Bloomberg.com (2021-yil 22-fevral). 22-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-fevral.
- ↑ Perez, Sarah.. „Canva Launches A Graphic Design Platform Anyone Can Use“. Tech Crunch' (26-avgust 2013-yil). 2-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Lancet, Yaara; Zukerman, Erez. „Canva review: Free tool brings much-needed simplicity to design process“. PC World (7-yanvar 2014-yil). 21-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Swallow, Erica.. „Canva Makes Great Design More Accessible“. Forbes (18-noyabr 2013-yil). 16-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Reuter, Dominick „5 apps entrepreneurs can use right now“. Business Insider (10-yanvar 2020-yil). — „How much it costs: Pro, 620/year per user; Enterprise, $360/year per user; free and discounted accounts available for nonprofits and educators.“.
- ↑ 7,0 7,1 Cook, Jordan „Canva, now valued at $3.2 billion, launches an enterprise product“. TechCrunch. Qaraldi: 6-fevral 2020-yil.
- ↑ „Canva raises $60 million at valuation of $6 billion“. Bloomberg (2020-yil 22-iyun). Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
- ↑ Campbell, Rebekah. „The Problem With Going Into Business With a Friend“. The New York Times (15-sentabr 2014-yil). 21-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2014-yil.
- ↑ Pankaj, Mishra. Canva Raises $3 Million To Make Design Accessible To Everyone (Wayback Machine saytida 30-mart 2019-yil sanasida arxivlangan) Tech Crunch. 16-aprel 2014-yil.
- ↑ „Graphic design startup Canva just turned into a unicorn“ (en-US). Fast Company (2018-yil 8-yanvar). 27-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ 12,0 12,1 „New Sequoia China investment values Australian design company Canva at 12 billion – TechCrunch“ (en-US). techcrunch.com. 27-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ Stanton, Kate; Griffith, Hywel „The 30-year-old woman who designed a 13bn business“. BBC News (2018-yil 9-yanvar). 28-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-yanvar.
- ↑ Chau, David „Canva: Online design startup joins generally overvalued 'unicorn' club“. ABC News (2018-yil 9-yanvar). 12-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-yanvar.
- ↑ Clark, Kate „Graphic design platform Canva valued at $2.5B with new funds“. TechCrunch. 27-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2019-yil.
- ↑ Hennessy, James. „Canva has announced a slew of new products, including a video editing tool and an education offering“ (en). Business Insider Australia (6-dekabr 2019-yil). 2020-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
- ↑ Tse, Crystal; Roof, Katie; Tan, Gillian; Lee, Yoolim. „Australia's Canva Startup Almost Doubles Valuation to $6 Billion“. Bloomberg (22-iyun 2020-yil).
- ↑ „Australian tech unicorn Canva suffers security breach“ (en). ZDNet. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
- ↑ „139 Million Users Hit in Canva Data Breach“ (en). Tom's Guide (24-may 2019-yil). Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
- ↑ Smith, Paul. „Canva criticised after data breach exposed 139m user details“. Qaraldi: 5-sentabr 2020-yil.
- ↑ Palmer-Derrin, Stephanie. „"Marketing fluff": What startups can learn from Canva's data-breach response“. Qaraldi: 5-sentabr 2020-yil.
- ↑ Powell, Dominic. „SmartCompany“. Qaraldi: 6-fevral 2020-yil.
- ↑ Jonathan, Shieber „Australia's design unicorn, Canva, picks up two free image-sharing services, and launches new photo product“. TechCrunch. Qaraldi: 10-dekabr 2019-yil.