Carmen Kass
Karmen Kass (talaffuzi: Karmen Kass; 1978-yil 14-sentyabr, Paide) — estoniyalik top-model, aktrisa va siyosatchi. Res Publica partiyasining aʼzosi, 2000-yilda Yevropa parlamentiga nomzod boʻlgan. 2004-yilda Estoniya shaxmat ittifoqi prezidenti etib saylangan va shaxmat musobaqalarida qatnashan[1].
Carmen Kass | |
---|---|
Tavalludi |
14-sentyabr 1978-yil |
Fuqaroligi | SSSR Estoniya |
Kasbi | top-model, aktrisa, siyosatchi, shaxmatchi |
Turmush oʻrtogʻi | Eric Lobron |
Ota-onasi | Viktor Kass, Koidu Põder |
Modellik | |
Boʻyi | 178 sm |
Soch rangi | malla |
Koʻz rangi | yashil |
Biografiyasi
tahrirKass Tallinda tugʻilgan va Järva uyezdi Paide yaqinidagi Mao qishlogʻida oʻsgan. Kass, opasi Viktoriya va akasi Kuttini onasi Koidu Põder tarbiya qilgan[2]. Otasi Viktor Kass Põlvada shaxmat oʻqituvchisi boʻlgan[3]. Carmen bir nechta goʻzallik tanlovlarining, jumladan „Miss Paide“ va „Miss Land of Järva“ tanlovlarining gʻolibi boʻlgan[1].
Faoliyati
tahrirKass 14 yoshida boʻlganida uni supermarketda milanlik modellar skauti topadi. Kassning onasi, ofitsiant boʻlib ishlagan va qizining uch oy davomida Milanda boʻlishiga ruxsat berishdan bosh tortishi sababli Kass hujjatlarda onasining imzosini qalbakilashtiradi[1]. Model boʻlishga birinchi urinish muvaffaqiyatsiz tugaydi va bir muncha vaqt oʻtgach, Kass Milanni tark etadi.
18 yoshida Parijga koʻchib oʻtadi. Bu yerda Carmen tez orada shuhrat qozonadi va surati Voguening Amerika, Fransuz, Buyuk Britaniya, Italiya, Ellening Avstraliya , UK Image, Madam Figaro va Numeroning Fransiyadagi jurnal muqovalarida paydo boʻladi[4]. Kassning birinchi surati 1997-yil noyabr oyida Voguening Fransiyadagi jurnalida chop etilgan.
Anna Wintour Kassning faoliyatida katta rol oʻynagan[5]. 1999-yilga kelib Kass allaqachon Marc Jacobs, Michael Kors, Calvin Klein, Ralph Lauren, Donna Karan va Dolce & Gabbana kabi yetakchi dizaynerlarning modalar namoyishlarida qatnashgan. Calvin Klein, Chanel, Gucci, Donna Karan, Dsquared2, Versace, Givenchy, Fendi, Max Mara, Valentino, Ralph Lauren, Narciso Rodriguez va hatto General Motorsing reklamalarida suratga tushgan[6]. 2000-yilda Gisele Bundchendan soʻng „VH1 /Vogue yil modeli“ mukofotini qoʻlga kiritadi[7].
Faqat 2007-yilda Kass oʻnta mashhur dizaynerlarning reklama kampaniyasi yuziga aylanadi. Oʻsha yili Kass Max Factorning modeli va matbuot kotibi boʻladi[8][9].
Kass ketma-ket 10 yil davomida Michael Korsning muzasi va brendining yuzi boʻlgan[10]. Kass, shuningdek, ketma-ket 17 yil davomida Narciso Rodriguez parfyumining yuzi ham boʻlib kelgan.
1999-yilgi Victoriaʼs Secret namoyishini ochgan va yopgan, shuningdek, 2000, 2002, 2003 va 2008-yillarda ushbu brendning yuzi boʻlgan[11][12].
Kass Gisele Bundchen bilan birga „Heroin chic“ davrini yakunlagan modellardan biri sanaladi.
Nyu-Yorkda yashagan paytida Lee Strasberg teatr va kino institutida tahsil olgan[13]. 2004-yilda Kass estoniyalik „Täna öösel me ei maga“ filmida bosh ayol rolini oʻynaydi[14]. Shuningdek, Zoolander filmida epizod rollardan birini oʻynagan.
2010-yilda oʻrta maktabni tugatib, oliy maʼlumotga ega boʻlishini eʼlon qiladi[15].
2004-yilgi saylovlarda Res Publica partiyasidan Yevropa parlamentiga nomzod boʻlgan. 2315 ovoz toʻplagan.
Shaxsiy hayoti
tahrir2004-yildan 2014-yilgacha Kass germaniyalik shaxmat grossmeysteri Eric Lobron bilan yaqin munosabatda boʻlgan. Kass eston va ingliz tillarini, shuningdek, rus va italyan tillarini yaxshi biladi. Uning jiyani Antonio Sebastian Kass ham model[16], ham musiqachidir[17].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Турнир в Майнце. Статья о Кармен Касс“ (en). chessbase.com. 2012-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-fevral.
- ↑ „Eesti ime: Carmen Kass“. Eesti Päevaleht (2000-yil 3-noyabr). 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-noyabr.
- ↑ „Carmen Kassi isa: "Olen mõtetes kogu aeg lastega!"“. Õhtuleht (2003-yil 10-oktyabr). 2014-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-avgust.
- ↑ „Carmen Kass biography“. 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-avgust.
- ↑ Irvanets-Goldmann, Jekaterina. „Estonia’s top international models“. Estonian World (2013-yil 8-oktyabr). 2017-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ „Profile of Carmen Kass“. Fashion Model Directory. 2007-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-iyul.
- ↑ Laanem, Tiina. „Kuri eesti tüdruk Carmen Kass“ (et). Ärileht. Eesti Päevaleht (2000-yil 24-oktyabr). 2011-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ „Meet Max Factor's Model“. Max Factor. 2009-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-aprel.
- ↑ „Max Factor'i modell on Carmen Kass!“. Ideaalkosmeetika. 2011-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-aprel.
- ↑ „Архивированная копия“. 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ Tael, Triin. „Heidi Klum ja Carmen Kass särasid Victoria's Secreti pesušõul“ (et). Õhtuleht (2008-yil 19-noyabr). 2012-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ Michelson, Tarmo. „Carmen Kass teenis ühe õhtuga kolm miljonit krooni“ (et). Õhtuleht (2003-yil 14-yanvar). 2012-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ Kilumets, Margit. „Kui vana on Kassi hing?“ (et). Eesti Naine (2004-yil 3-iyun). 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ Kulli, Jaanus. „"Täna öösel me ei maga" esilinastub juba märtsis“ (et). SL Õhtuleht (2004-yil 11-fevral). 2012-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ „Кармен Кассь пообещала закончить среднюю школу“ (ru). 2012-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-avgust.
- ↑ „Modellisaate Antonio: ma pole kunagi uhkustanud, et mu tädi on Carmen Kass“ (et). Elu24. Postimees (2015-yil 21-dekabr). 2017-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ „Modellisaate Antonio avaldas religioonist pajatava räppsingli“ (et). Elu24. Postimees (2016-yil 3-fevral). 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.