Cene Prevc
Cene Prevc — (1996-yil 12-martda tugʻilgan) nafaqadagi sloveniyalik chang'ida sakrash sportchisi.
Cene Prevc | |
---|---|
Prevc 2016-yilgi musobaqalarda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Sloveniya |
Tavallud sanasi |
12-mart 1996-yil Kranj, Sloveniya |
Sport | |
Qaysi sport | (Changʻida sakrash) |
Faoliyati
tahrir2013-yilning 18-fevralida Prevc 261,0 metr masofa bilan 2013-yilgi Yevropa yoshlar olimpiya qishki festivalida (EYOF) yakkalik musobaqada gʻolib chiqqan[1]. Bu gʻalaba bilan Cene 2009-yilda EYOF yakkalik musobaqasida gʻolib chiqqan akasiga havas qilib, akasi Piterning yoʻlidan borgan[2]. U 2013—2014-yilgi mavsumda Sloveniya sharafini himoya qilib Planikada jahon chempionatida debyut qilgan.
2022-yilda oʻqishga eʼtibor qaratish uchun changʻida sakrash boʻyicha faoliyatini yakunlagan[3]. Lekin sportni toʻliq yakunlamagan. Hozirgi vaqtda mavsumiy musobaqalarga tomosha qilish uchun tashrif buyurib turadi.
Shaxsiy hayoti
tahrirPrevc Kranjda Božidar va Julijana Prevc oilasida tugʻilgan; oila Dolenja Vas qishlogʻida yashab kelgan. Uning ikki akasi va ikki opasi bor[4][5]. Uning ukalari Piter va Domen va opalaridan biri Nika ham XCHF changʻida sakrash boʻyicha Jahon kubogi boʻyicha sportchilar hisoblanadi[4]. Mebel biznesiga ega boʻlgan otasi, shuningdek, changʻidan sakrash boʻyicha xalqaro hakam onasidan iborat olaga ega[6].
Jahon chempionati
tahrirXCHF changʻidan sakrash Jahon chempionatida bir necha yillik urinisharga qaramay umumiy reytingini koʻtara olmagan. Aosan shohsuppaga yaqin pogʻonalar bilan cheklanib qolgan. Bulardan eng yuqorisi 2013—2014-yilgi musobaqalarda umumiy 70 bal bilan toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarilishi misol boʻla oladi. Asosan Yakkalik bahslarda faol ishtirok etgan, lekin jamoaviy musobaqalarda medalli pogʻonalarga koʻtarilgan.
Turnir jadvali
tahrirMavsum | Umumiy natijalar | 4H | SF | RA | W6 | T5 | P7 |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2012—2013-yil | — | — | — | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2013—2014-yil | 70 | — | — | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2014—2015-yil | 59 | — | — | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2015—2016-yil | — | — | — | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2016—2017-yil | 40 | 24 | 41 | — | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
2017—2018-yil | — | — | — | — | — | Yoʻq | 54 |
2019—2020-yil | 33 | 45 | — | — | — | 21 | Yoʻq |
2020—2021-yil | 38 | 26 | 27 | Yoʻq | — | Yoʻq | 46 |
2021—2022-yil | 10 | 40 | 21 | 4 | Yoʻq | Yoʻq | 25 |
Manbalar
tahrir- ↑ „European Youth Olympic Festival Rasnov (ROU)“. fis-ski.com. Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
- ↑ „EYOF 2013: Cene Prevc holt Einzel-Gold“ (olmoncha). Skispringen News (18-fevral 2013-yil). 2013-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-fevral 2013-yil.
- ↑ „Cene Prevc dal študiju prednost pred skoki“ (slovencha). RTV Slovenija (4-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2022-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Mama Petra Prevca: Strah me je! A ne na zaletišču, nekje drugje“ (slovencha). Ekipa24. Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
- ↑ Kastelic, Peter. „Najmlajši od bratov Prevc: O skokih se doma redko pogovarjamo“ (slovencha). Siol (2-fevral 2015-yil). Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.
- ↑ Lopatič, Jaka. „Oče Petra Prevca bo v Oslu pod dodatnim drobnogledom“ (slovencha). Siol (20-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 12-fevral 2022-yil.