Cesare Casadei (2003-yil 10-yanvar) – Italiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi yarim himoyachisi.

Cesare Casadei
Casadei Italiya U-21 terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cesare Casadei[1]
Tavallud sanasi 10-yanvar 2003-yil (2003-01-10) (21 yosh)[1]
Tavallud joyi Ravenna, Italy[2]
Boʻyi 1.86 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 31
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Cervia
0000–2018 Cesena
2018–2022 Inter Milan
2022–2023 Chelsea
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2023– Chelsea 11 (0)
2023Reading (ijara) 15 (1)
2023–2024Leicester City (ijara) 22 (2)
Milliy terma jamoa
2018–2019 Italiya U-16 9 (2)
2019 Italiya U-17 1 (1)
2021 Italiya U-18 1 (1)
2021–2022 Italiya U-19 12 (3)
2022–2023 Italiya U-20 9 (8)
2022– Italiya U-21 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 19-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 26-mart uchun)

Casadei 2022-yilda Chelsea jamoasiga oʻtishidan avval bir necha italyan klublarining yoshlar jamoalari safida faoliyat olib borgan. 2023-yil yanvar oyida Reading klubiga ijaraga berilgan va aynan shu klubda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. Keyingi mavsumni esa Chempionship gʻolibi boʻlgan Leicester City jamoasida boshladi, biroq 2024-yilning yanvarida londonliklar safiga qayta chaqirib olindi.

Italiyaning turli yosh toifadagi terma jamoalarida toʻp surgan Casadei 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Klublardagi karyerasi

tahrir

Dastlabki yillar

tahrir

Ravenna shahrida tugʻilib va Milano Marittimada ulgʻaygan futbolchi karyerasini Crevia klubida boshlaydi va keyinchalik Cesena safiga borib qoʻshiladi[3][4][5]. 2018-yilda klubi bankrotga uchragan Casedei Inter Milanning yoshlar jamoasiga koʻchib oʻtadi va 2019-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi milliy chempionat goʻlibiga aylanadi. Keyinchalik hali oʻn yetti yosh boʻlishiga qaramasdan Cesare Interning U-19 jamoasi tarkibiga jalb qilinadi[6].

2021-yil oktyabr oyida The Guardian nashri eʼlon qilgan „Yangi avlod“ nomli istiqbolli futbolchilar roʻyxatida Casadei 2003-yilda tugʻilgan futbolchilar orasida eng yuqori oʻrinda qayd etildi[7][8][4][9][10].

Chelsea

tahrir

Chelsea U-21

tahrir

2022-yil 19-avgust kuni Chelsea Inter Milan jamoasi bilan Casadeining transferi borasida kelishuvga erishganini maʼlum qildi[11]. Transfer qiymati 15 million yevro va qoʻshimcha 5 millionlik bonuslarni tashkil qilgan[11][12].

Casadei Chelsea U-21 jamoasi safiga borib qoʻshildi. Futbolchi 31-avgust kuni EFL Trophy doirasidagi Sutton United jamoasiga qarshi bahsda ushbu jamoadagi debyutini oʻtkazdi. Oʻyinida londonliklar magʻlubiyatga uchradi va Casadeiga qizil kartochka ham koʻrsatildi[13]. Toʻrt kundan soʻng esa u Premyer-liga 2 turnirida Everton U-21 jamosiga qarshi debyut qildi va 48 daqiqada gol muallifi boʻlgan holda jamoasi gʻalabasini ham taʼminladi[14]. 22-noyabr kuni EFL Trophyning ikkinchi raundida Peterborough United jamoasiga qarshi bahsda uzoq masofadan gol muallifiga aylanadi va ushbu gol Chelseada oy goli deb topiladi[15][16]. U Chelsea U-21 tarkibida barcha turnirlar doirasida 13 ta oʻyin oʻtkazib 5 gol muallifiga aylandi[17].

Reading (ijara)

tahrir

2023-yil 30-yanvar kuni Casadei mavsum yakuniga qadar Chempionship jamoasi Readingga ijaraga berildi[17][18][19]. 4-fevral kuni esa Watford klubiga qarshi bahsda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan[20]. Klub safidagi birinchi golini esa 2023-yil 15-mart kuni Blackburn Roversga qarshi bahsda kiritadi[21][22].

Leicester City (ijara)

tahrir

2023-yilning 15-avgust kuni Casadei Chempionshipning Leicester City jamoasiga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi[23][24]. U toʻrt kundan soʻng Cardiff city jamoasiga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazdi va aynan shu uchrashuvning 92-daqiqasida gʻalaba goli muallfiga aylandi[25][26].

Chelsea

tahrir

2024-yilning 19-yanvarida Chelsea Casadeini Leicester City jamoasidan ijaradan qaytarib oladi[27][28]. U londonliklar safidagi debyutini 2024-yilning 31-yanvarida boʻlib oʻtgan Liverpool jamoasiga qarshi bahsda Cole Palmerning oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan. Ushbu oʻyinda Pochettino shogirdlari 4-1 hisobida magʻlubiyatga uchrashgan[29].

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Casadei Italiyaning 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha yosh toifasidagi terma jamoalarida toʻp tepgan[30].

2022-yil iyun oyida Slovakiyada boʻlib oʻtgan UEFA U-19 Yevropa chempionatida ishtirok etgan holda turnirning yarim finaligacha yetib boradi[31]. Ushbu bosqichda italyanlar Angliyaga qarshi maydonga tushishdi va magʻlubiyatga uchragan holda turnirni tark etishgan.

2022-yil 19-noyabr kuni u Germaniyaga qarshi uchrashuvda Italiya U-21 jamoasi safidagi debyutini oʻtkazgan.

2022-yil dekabr oyida Casadei Roberto Mancini boshqaruvidagi Italiya terma jamoasining mashgʻulotlariga jalb qilindi[32].

2023-yil may oyida u Argentinada oʻtkazilgan FIFA U-20 Jahon chempionatida terma jamoasi bilan ishtirok etadi va Italiya finalgacha yetib borishida katta yordam beradi[33][34][35]. Ushbu turnirda 7 ta gol muallifi boʻlgan futbolchi bir vaqtining oʻzida turnirning eng yaxshi futbolchisi va toʻpurari deb topilgan[36][37].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Cesarening ukasi Ettore ham futbolchi boʻlib, 2023-yildan boshlab u Florida texnologiyasi institutining futbol jamoasida oʻynab kelmoqda[38][39].

Statistika

tahrir
2024-yil 19-may holatiga ko‘ra[40]
Klub safidagi liga oʻyinlari va barcha turnirlardagi statistikasi
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Chelsea U-21 2022–23 - 4 1
Umumiy - Oʻz navbatida . 4 1
Chelsea 2022–23 Premyer Liga 0 0 0 0
2023–24 Premyer Liga 11 0 11 0
Umumiy 11 0 11 0
Reading (qarz) 2022–23 Chempionship 15 1 15 1
Leicester City (ijara) 2023–24 Chempionship 22 2 25 3
Umumiy 48 3 55 5

Sovrinlar

tahrir

Leicester City

  • EFL Chempionship: 2023-24[41]

Italiya U-20

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „FIFA U-20 World Cup Argentina 2023™ SQUAD LIST: Italy (ITA)“. FIFA (2023-yil 22-may). Qaraldi: 2023-yil 29-may.
  2. Cesare Casadei WorldFootball.net saytida
  3. „Cesare Casadei, un diamante per il centrocampo dell’Inter“ (Italian). lagiovaneitalia.net (2021-yil 12-yanvar). 2022-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  4. 4,0 4,1 Gioacchino Graziuso. „Cesare Casadei, il gioiellino dell’Inter Primavera: è l’MVP di dicembre“ (Italian). numero-diez.com (2021-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 19-may.Gioacchino Graziuso, Luca (24 December 2021).
  5. Horncastle. „Meet Chelsea's new signing Cesare Casadei, the free-scoring 19-year-old No 8 from Inter“ (en). The Athletic. Qaraldi: 2022-yil 24-avgust.
  6. Gioacchino Graziuso. „Cesare Casadei, il gioiellino dell’Inter Primavera: è l’MVP di dicembre“ (Italian). numero-diez.com (2021-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  7. Christenson. „Next Generation 2021: 60 of the best young talents in world football“. The Guardian (2021-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  8. Sessa. „Casadei, il baby Milinkovic dell’Inter: "Intenso come Barella e sereno come Brozo, così imparo dai campioni"“ (Italian). gazzetta.it (2022-yil 25-aprel). Qaraldi: 2022-yil 19-may. (subscription required)
  9. „#CESENASTORIES, 18^ puntata. Ettore Casadei, gol&piadina“ (Italian). sport.sky.it (2018-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  10. „Chelsea sign Italy youth international Cesare Casadei from Inter Milan“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  11. 11,0 11,1 „Casadei joins Chelsea“ (en-gb). chelseafc.com. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
  12. „Chelsea sign Italy youth international Cesare Casadei from Inter Milan“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.„Chelsea sign Italy youth international Cesare Casadei from Inter Milan“.
  13. „Esordio da dimenticare per Casadei con il Chelsea U21: espulsione per l'ex Inter | Goal.com“. goal.com. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  14. „Esordio 'shock' alle spalle: primo goal col Chelsea U21 per Casadei | Goal.com“. goal.com. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
  15. „Peterborough United v Chelsea U21“ (en-gb). chelseafc.com. Qaraldi: 2023-yil 18-iyun.
  16. „Casadei joins Reading on loan“. chelseafc.com (2023-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  17. 17,0 17,1 „Casadei joins Reading on loan“. chelseafc.com (2023-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.„Casadei joins Reading on loan“.
  18. „Cesare Casadei completes loan switch to Reading“. Reading FC (2023-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  19. „Reading sign midfielder Casadei from Chelsea“. BBC Sport (2023-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  20. „Reading come back to earn Watford point“. BBC Sport (2023-yil 4-fevral). Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  21. „Blackburn 2-1 Reading“. BBC Sport (2023-yil 15-mart). Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
  22. „Reading relegated to League One after Terriers win“. BBC Sport (2023-yil 4-may). Qaraldi: 2023-yil 17-iyun.
  23. „Casadei seals Leicester loan“ (en-gb). chelseafc.com. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  24. „Leicester City Secure Cesare Casadei Loan From Chelsea“. Leicester City F.C. (2023-yil 15-avgust).
  25. „Leicester City 2-1 Cardiff City: Debutant Cesare Casadei scores injury-time winner“. BBC Sport (2023-yil 19-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
  26. Ferri. „Il debutto da sogno di Casadei: segna il goal vittoria al 92 e fa impazzire i tifosi del Leicester“ (it-IT). Goal.com (2023-yil 19-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
  27. „Cesare Casadei Recalled By Chelsea“ (en). Leicester City (2024-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.
  28. Donato. „Casadei, Sensi e l'intreccio di mercato tra Inter, Chelsea e Leicester“ (it). Goal.com (2024-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 19-yanvar.
  29. „Premier League: Liverpool thrash Chelsea to go five points clear at top - reaction“. BBC Sport (2024-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  30. Carzaniga. „Italia Under 19, Casadei protagonista anche in Azzurro: il centrocampista dell'Inter a segno nel 3–0 sull'Olanda“ (Italian). sprintesport.it (2021-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  31. „Gli Azzurrini in Slovacchia alla conquista dell’Europa. Ufficializzata la lista dei 20 convocati, non ci sono Gnonto e Scalvini“ (it). Federazione Italiana Giuoco Calcio (2022-yil 16-iyun). Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  32. „Stage a Coverciano dal 20 al 22 dicembre, convocati due gruppi di calciatori di interesse nazionale“ (it-IT). FIGC (2022-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 31-dekabr.
  33. „Ufficializzata la lista dei 21 convocati per il Mondiale in Argentina“ (it-IT). FIGC (2023-yil 11-may). Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  34. „Returning Rodriguez snatches Uruguay maiden title“. FIFA (2023-yil 11-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  35. Di Chiaro. „Uruguay-Italia Under 20 1-0: Luciano Rodriguez stende gli Azzurrini, sudamericani Campioni del Mondo“ (it-IT). Goal.com (2023-yil 11-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  36. „Casadei claims a golden double“. FIFA (2023-yil 12-iyun). Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  37. „Italia, i premi del Mondiale U20: ci sono anche Casadei e Desplanches“ (it-IT). Tuttosport (2023-yil 12-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  38. „#CESENASTORIES, 18^ puntata. Ettore Casadei, gol&piadina“ (Italian). sport.sky.it (2018-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-may.„#CESENASTORIES, 18^ puntata. Ettore Casadei, gol&piadina“ [#CESENASTORIES, 18th episode. Ettore Casadei, goals & piadina].
  39. „Ettore Casadei“. floridatechsports.com. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  40. Cesare Casadei Soccerway saytida
  41. „Championship: 2023/24: Current table“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
  42. „Returning Rodriguez snatches Uruguay maiden title“. FIFA (2023-yil 11-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.„Returning Rodriguez snatches Uruguay maiden title“.
  43. Di Chiaro. „Uruguay-Italia Under 20 1-0: Luciano Rodriguez stende gli Azzurrini, sudamericani Campioni del Mondo“ (it-IT). Goal.com (2023-yil 11-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.Di Chiaro, Michael (11 June 2023).

Havolalar

tahrir
  • Chelsea FC veb-saytidagi futbolchi Profili