Chaco provinsiyasi
Chaco (ispancha: provincia del Chaco [pɾoˈβinsja ðel ˈtʃako][1]) —– Argentinaning 23 ta provinsiyasidan biri. Maʼmuriy markazi Resistencia shahri[2]. Chaco mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan.
Chako | |
---|---|
27°0′0″S 59°0′0″W / 27.00000°S 59.00000°W | |
Mamlakat | Argentina |
Hukumat | |
• gubernator | Xorxe Kapitanich |
Asos solingan | 8-avgust 1951-yil |
Maydon | 99,633 km2 (38,469 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | ispan |
Aholisi (2010) |
1,142,963 |
Zichligi | 10,59 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTCUTC-3 |
Ushbu hudud gʻarbdan Salta va Santiago del Estero, shimoldan Formosa, sharqdan Corrientes va janubdan Santa Fe bilan chegaradosh. Undan tashqari, provinsiya Paragvayning Ñeembucú departamenti bilan chegaralanadi[3]. 2022-yil holatiga koʻra provinsiya maydoni 99,633 km², aholisi esa 1,142,963 kishini tashkil etadi. Bu statistika bilan provinsiya Argentina tarkibidagi yigirma uch provinsiyadan hududiy jihatdan oʻn ikkinchi, aholisi boʻyicha esa oʻn birinchi oʻrinda turadi.
2010-yilda Chako Argentinada bir nechta rasmiy tilni qabul qilgan ikkinchi provinsiya boʻlgan. Ushbu tillar Kom, Moqoit hamda Wichi tillari boʻlib, ushbu tillarda Toba, Mokovi va Vichi qabilalari soʻzlashadi. Chako tarixdan Argentinaning eng kambagʻal mintaqalaridan biri boʻlib kelgan. Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga hisoblaganda hamda inson taraqqiyoti indeksi boʻyicha oxirgi oʻrinda turadi.
Etimologiyasi
tahrirChako soʻzi Quechua tilidagi chaku soʻzidan olingan boʻlib, ov hududi yoki Ink imperiyasi aholisi tomonidan qoʻllangan ov texnikasini nomlash uchun qoʻllangan soʻz hisoblanadi.
Iezuit missioneri Pedro Lozano tomonidan 1733-yilda Ispaniyaning Kordova shahrida nashr etilgan Buyuk Chaco Gualamba kitobida ushbu soʻz etimologiyasi mintaqada yashovchi koʻplab millatlarni ifodalashini yozib oʻtgan. Ular ovga chiqqanlarida koʻp joylardan vicuña va guanacoslarni toʻplaydilar. Buni Peru tub aholisi chacu deb atashgan va keyinchalik ispanlar ushbu soʻzni Chaco tarzida qoʻllay boshlashgan[4].
Qadimiy hujjatlarda ushbu atama haqidagi maʼlumotlar Peruning vitse-prezidenti Fernando Torres de Portugal y Mesía 1589-yilda oʻsha davrdagi Tucuman gubernatori Juan Ramírez de Velasco tomonidan yozilgan maktubdan maʼlum boʻlib, u hududni Chaco Gualama deb atagan[5].
Geografiyasi
tahrirChaco pravinsiyasi Gran Chaco viloyatining janubiy qismida joylashgan boʻlib, Argentina, Paragvay va Bolivia hududlarini qamrab olgan tekislik hisoblanadi.
Chako provinsiyasi 99,633 km2 (38,469 kv mi) kishilik hududni qamrab oladi hamda Argentinaning oʻn ikkinchi yirik provinsiyasi hisoblanadi. Viloyatdagi eng baland joy ham eng gʻarbiy Taco Pozo munitsipaliteti yaqinida dengiz sathidan 272 m (892 ft) balandlikda joylashgan[6].
Paraná va Paragvay daryolari Chaco pravinsiyasi Corrientes pravinsiyasidan va Paragvay respublikasidan ajratib turadi. Shimoliy tomonda Bermejo daryosi Chaco viloyatini Formosa viloyatidan ajratib turuvchi, boshqa tabiiy chegarani hosil qiladi.
Janubiy qismda chegara 28 ta parallel chegarani bosib oʻtadi va bu hududni Santa Fe viloyati ajratib turadi. Gʻarbda esa Salta va Santiago del Estero bilan chegaradosh hisoblanadi.
Boshqa muhim daryolar: Negro, Tapenagá, Palometa va Salat, barchasi Parana daryosining irmoqlari yoki boʻlinmalaridir.
Iqlimi
tahrirProvinsiyada subtropik iqlim mavjud[7]. U ikki xil iqlim zonalariga boʻlinadi. Sharqda namroq, markaz va gʻarbda quruq subtropik iqlim[8]. Viloyatning sharqiy qismlarida quruq mavsumi boʻlmagan nam subtropik iqlim hukm suradi[9]. Gʻarbda yogʻingarchilik kam boʻlgan hududlarda subtropik iqlim kuzatiladi. Bu yerda qish fasli quruq boʻlib, potentsial bugʻlanish yogʻingarchilikdan yuqori boʻlgani sababli, Kyoppen iqlim tasnifiga koʻra yarim quruq iqlim (BS) deb tasniflanadi.[9].
Yogʻingarchilik
tahrirProvinsiyaning eng nam (sharqiy) qismlarida yogʻingarchilik yil davomida qurgʻoqchilik mavsumisiz boʻladi[9]. Ushbu hududlarda yiliga taxminan 1400 mm (55 in) yomgʻir yogʻadi[9].
Harorati
tahrirOʻrtacha yillik harorat 21 va 23 °C (70 va 73 °F) orasida boʻladi. Bu shimolidan janubiga qarab kamayadi[9]. Yozlar issiq boʻlib, viloyatning sharqiy qismlarida harorat 38 dan 41 °C gacha (100 dan 106 °F gacha) boʻlishi mumkin[9]. Gʻarbiy qismlar qitʼa taʼsiri tufayli haroratlarda koʻproq oʻzgarishlarga duch keladi. Yozdagi ekstremal haroratlar koʻpincha 40 °C (104 °F) dan oshadigan haroratlar bilan yanada ekstremalashadi[9]. Qish mavsumida janubdan kirib keladigan sovuq, qutbiy havo oqimlari ayoz va haroratning nol darajadan pastga tushishiga sabab boʻlishi mumkin[9]. Yozda viloyat yuqori quyosh radiatsiyasi taʼsiriga uchrashi natijasida, hududda past bosimli tizim shakllanadi[9].
Namlik
tahrirViloyatning iqlimi tufayli havoning namligi yuqori darajada saqlanadi[9].
XX asrda
tahrirXIX asr oxiri va XX asrning dastlabki oʻn yilliklari oraligʻida viloyat turli-tuman muhojirlarni oʻz bagʻriga olgan. Ular orasida Germaniya, Kanada, Volga boʻyi nemislari va Rossiya mennonitlari ham bor boʻlgan. Ushbu muhojirlar, boshqa muhojirlar bilan bir qatorda, Chakoni sut mahsulotlari va mol goʻshti yetishtirishi bilan mashhur boʻlgan samarali qishloq xoʻjaligi hududiga aylantirishga muvaffaq boʻlganlar.
Siyosiy tuzilmasi
tahrir1951-yilda hudud viloyatga aylangan va uning nomi Provincia Presidente Perón deb oʻzgartirilgan. Viloyat 1955-yilda prezident Xuan Peron hukumati agʻdarilganidan keyin yana qayta nomlanib, tarixiy Chacoga oʻzgartirilgan. Biroq, Chaco saylovchilari keyingi saylovlarda peronist nomzodlarni, xususan, 1960 va 1970-yillarda gubernator sifatidagi uchta muddatli harbiy aralashuv tufayli qisqartirilgan Deolindo Bittelni qoʻllab-quvvatlashni davom ettirganlar. Keyinchalik, Bitell 1983-yilgi Argentina prezidentlik saylovlarida vitse-prezidentlikka nomzodini qoʻygan. Soʻngra, viloyat poytaxti Rezistensiada shahar hokimi boʻlib ishlagan.
Infratuzilmasi
tahrirAsfaltlangan avtomobil yoʻllarining kamligi sababli Chako yoʻlovchi temir yoʻl xizmatlariga haddan tashqari bogʻlanib qolgan. Shu sababli Chako 1990-yillarning boshlarida milliy temir yoʻllarning xususiylashtirilishi va yoʻnalishlarning yopilishidan jiddiy zarar koʻrgan.1997-yilda, 1948-yildagi temir yoʻllar milliylashtirilganidan beri Ferrocarriles Argentinos davlat kompaniyasi tomonidan boshqarib kelingan xizmatlar Chaco Temir yoʻl Xizmatlari (Servicios Ferroviarios del Chaco S. A. – SEFECHA) tomonidan oʻz zimmasiga olingan. Shu tariqa, SEFECHA oʻsha paytda Argentinada yagona davlat mulki boʻlgan shaharlararo temir yoʻl xizmatiga aylandi. SEFECHA hozirda yiliga deyarli bir million yoʻlovchini tashiydi va viloyatning 2002-yilgi inqirozdan jadal tiklanishiga hissa qoʻshgan.
Kambagʻallik
tahrirChaco viloyati aholining 49,3 foizi daromadi boʻyicha qashshoqlik chegarasidan quyida umr kechirishi va 2009-yilda ikki yoshdan besh yoshgacha boʻlgan bolalarning 17,5 foizi toʻyib ovqatlanmasligi holatidan aziyat chekishda davom etmoqda. Argentina viloyatlari orasida u aholi jon boshiga YaIM boʻyicha faqat qoʻshnilari Formosa va Santyago del Esterodan yuqorida turadi. Inson taraqqiyoti indeksi boʻyicha Argentinada 21-oʻrinni egallaydi.
Rasmiy tillar
tahrir2010-yilda Chaco Argentinada Corrientesdan keyin mahalliy tillarni viloyat ichida rasmiy deb eʼlon qilgan ikkinchi viloyat boʻlgan. Chacoda ispan tilidan tashqari uchta mahalliy til rasmiy maqomga ega boʻlgan. Bular Kom, Moqoit va Wichí tillaridir.
Aholisi
tahrir2022-yilgi Argentina milliy aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Chaco provinsiyasida 1 142 963 nafar aholi istiqomat qiladi[10].
Iqtisodiyot
tahrirChaconing iqtisodiyoti, mintaqadagi aksariyat iqtisodiyotlar singari, nisbatan rivojlanmagan boʻlsa-da, 2002-yildan buyon kuchli sur’atda tiklanib kelmoqda. 2006-yilda bu koʻrsatkich 4,397 milliard AQSH dollariga yoki aholi jon boshiga 4,467 AQSH dollariga teng boʻlishi taxmin qilingan (bu milliy oʻrtacha koʻrsatkichning yarmiga teng boʻlib, Argentinada uchinchi eng past natija hisoblanadi)[11]. Chako iqtisodiyoti xilma-xil boʻlsa-da, uning qishloq xoʻjaligi sohasi oʻtgan oʻn yil davomida takrorlanib turgan qurgʻoqchiliklar tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan.
Chacoda qishloq xoʻjaligining rivojlanishi asosan quebracho daraxtini va paxtani tijorat maqsadida yetishtirish bilan bogʻliq. Hozirda Chaco Argentina milliy paxta ishlab chiqarishining 60 foizini taʼminlamoqda. Qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish esa Argentinaning umumiy ishlab chiqarish hajmining 17 foizini tashkil etadi. Bunga soya, jo‘xori va makkajo‘xori kabi ekinlar kiradi. Janubda shakarqamish, kamroq darajada guruch va tamaki ham yetishtiriladi.
Zebu bilan chatishtirilgan qoramol zotlari yuqori haroratlarga, oʻt-oʻlan tanqisligiga va vaqti-vaqti bilan sodir boʻladigan suv toshqinlariga intensiv parvarishlangan sof zotlarga qaraganda yaxshiroq moslashadi deb hisoblanadi. Sanoat viloyat iqtisodiyotining taxminan 10 foizini tashkil etadi va mahalliy paxtadan ishlab chiqarilgan toʻqimachilik mahsulotlari, neft va koʻmir qazib olish, hamda shakarqamishdan olinadigan shakar, spirt va qogʻozni oʻz ichiga oladi.
Chaco viloyatida Chaco milliy bogʻi joylashgan, biroq viloyatda turizm sohasi yaxshi rivojlanmagan. Viloyatning asosiy aeroporti – Resistencia xalqaro aeroporti yiliga 100 000 ga yaqin yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi.
Hukumat
tahrirViloyat hukumati uchta boʻlimga boʻlingan. Bulardan birinchisi Xalq tomonidan saylanadigan gubernator boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat. U vazirlar mahkamasini tayinlaydi. Keyingilari qonun chiqaruvchi va qozilik. Ular oliy sud tomonidan boshqariladi va bir nechta quyi tribunallar tomonidan amalga oshiriladi.
Chaco provinsiyasining Konstitutsiyasi viloyatning rasmiy qonunini tashkil qiladi.
Argentinada eng muhim huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot Argentina Federal politsiyasidir, ammo qoʻshimcha ishlar Chaco provinsiyasi politsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy boʻlinishi
tahrirViloyat 25 ta departamentga boʻlingan (ispancha: departamentos).
Department | Seat | Area (km2) |
Population (2010)[12] |
Population (2001)[12] |
Density (2010) |
---|---|---|---|---|---|
Almirante Brown | Pampa del Infierno | 17,276 | 34,075 | 29,086 | 1.97 |
Bermejo | La Leonesa | 2,562 | 25,052 | 24,215 | 9.77 |
Chacabuco | Charata | 1,378 | 30,590 | 27,813 | 22.19 |
Comandante Fernández | Presidencia Roque Sáenz Peña | 1,500 | 96,944 | 88,164 | 64.63 |
12 de Octubre | General Pinedo | 2,576 | 22,281 | 20,149 | 8.65 |
2 de Abril | Hermoso Campo | 1,594 | 7,432 | 7,435 | 4.66 |
Fray Justo Santa María de Oro | Santa Sylvina | 2,205 | 11,826 | 10,485 | 5.36 |
General Belgrano | Corzuela | 1,218 | 11,988 | 10,470 | 9.84 |
General Donovan | Makallé | 1,487 | 13,490 | 13,385 | 9.07 |
General Güemes | Juan José Castelli | 25,487 | 67,132 | 62,227 | 2.63 |
Independencia | Campo Largo | 1,871 | 22,411 | 20,620 | 11.98 |
Libertad | Puerto Tirol | 1,088 | 12,158 | 10,822 | 11.17 |
Libertador General San Martín | General José de San Martín | 7,800 | 59,147 | 54,470 | 7.58 |
Maipú | Tres Isletas | 2,855 | 25,288 | 24,747 | 8.85 |
Mayor Luis J. Fontana | Villa Ángela | 3,708 | 55,080 | 53,550 | 14.85 |
9 de Julio | Las Breñas | 2,097 | 28,555 | 26,955 | 13.61 |
OʻHiggins | San Bernardo | 1,580 | 20,131 | 19,231 | 12.74 |
Presidencia de la Plaza | Presidencia de la Plaza | 2,284 | 12,499 | 12,231 | 5.47 |
Primero de Mayo | Margarita Belén | 1,864 | 10,322 | 9,131 | 5.53 |
Quitilipi | Quitilipi | 1,545 | 34,081 | 32,083 | 22.05 |
San Fernando | Resistencia | 3,489 | 390,874 | 365,637 | 112.03 |
San Lorenzo | Villa Berthet | 2,135 | 14,702 | 14,252 | 6.88 |
Sargento Cabral | Colonia Elisa | 1,651 | 15,899 | 15,030 | 9.63 |
Tapenagá | Charadai | 6,025 | 4,097 | 4,188 | 0.68 |
25 de Mayo | Machagai | 2,358 | 29,215 | 28,070 | 12.39 |
Qishloqlar
tahrir- Aviá Teraí
- Colonia Aborigen El Pastoril
- Colonia Baranda
- Colonias Unidas
- Comandancia Frías
- Cote Lai
- El Espinillo
- El Sauzal
- El Sauzalito
- El Tacuruzal
- Estación General Obligado
- Fortín Las Chuñas
- Fuerte Esperanza
- General Vedia
- Haumonia
- La Chiquita
- La Escondida
- La Leonesa
- La Liguria
- Las Garcitas
- Mesón de Fierro
- Napenay
- Pampa Landriel
- Pampa Mangrullo
- Paraje San Fernando
- Pueblo Clodomiro Díaz
- Puerto Bastiani
- Puerto Eva Perón, Chaco
- Puerto Lavalle
- Samuhú, Chaco
- Selvas del Río de Oro
- Villa Jalón
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Lengua Wichi (Mataco). Diccionario Mataco — Español“. pueblosoriginarios.com. Qaraldi: 2020-yil 4-oktyabr.
- ↑ Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Chaco" Encyclopædia Britannica 5 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 786
- ↑ Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Chaco" Encyclopædia Britannica 5 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 786
- ↑ Lozano, Pedro. Descripción corográfica del Gran Chaco Gualamba. San Miguel de Tucumán: Universidad Nacional de Tucumán, 1989 — 486-bet.
- ↑ Edelmiro Porcel. „Chaco Gualamba“. Periodico Domine. 2011-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-aprel.
- ↑ „23 Cumbres - Chaco“. 23 Cumbres. 2009-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-aprel.
- ↑ „El cultivo del algodón en la cuenca media del Tapenaga. Fechas de siembra, rendimiento y precipitaciones“ (es). Universidad Nacional del Nordeste (2006). 2016-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-noyabr.
- ↑ „Provincia de Chaco“ (es). Administración Nacional de Laboratorios e Institutos de Salud. 2016-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-noyabr.
- ↑ 9,00 9,01 9,02 9,03 9,04 9,05 9,06 9,07 9,08 9,09 „Provincia de Chaco–Clima y Meteorologia“ (es). Secretaria de Mineria de la Nacion (Argentina). 2004-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-noyabr.
- ↑ „Nuevos datos provisorios del Censo 2022: Argentina tiene 46.044.703 habitantes“. Infobae (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
- ↑ „El déficit consolidado de las provincias rondará los 181.500 millones este año“ (es). Instituto Argentino para el Desarrollo de las Economías Regionales. 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
- ↑ 12,0 12,1 „Cuadro P1-P. Provincia del Chaco. Población total y variación intercensal absoluta y relativa por departamento“. INDEC (2010). Qaraldi: 2012-yil 16-aprel.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Chaco Province mavzusiga oid fayllar bor
- Official website (Spanish)
- Pictures of Chaco (Wayback Machine saytida 2010-12-10 sanasida arxivlangan)