Dovudbek, Chagʻribek (? -1061) - Marv va Xuroson hokimi (1037—1061). Saljuqiylardan. Jand hokimi Mekoyilning oʻgʻli, Saljuqning nabirasi. Dovudbek otasi vafotidan soʻng amakisi Yobgʻu (Paygʻu) va akasi Toʻgʻrulbek bilan 985-yil somonishshr huzuriga kelib, Hyp qishlogʻi atrofida istiqomat qilgan. 1029-yil qoraxonishshrayan boʻlgan Buxoro hokimi Alitegin bilan saljuqiylar oʻrtasida nizo kelib chiqqan; Aliteginning farmoniga koʻra uning lashkarboshisi Alp qora (Saljuqning nabirasi) Yusufni oʻldirgan. Ilgari Aliteginning oʻzi Yusufni Inonch-Paygʻu unvoni bilan oʻzining xizmatidagi turklar ustidan rahbar qilib tayinlagandi, 1030-yil marhumning amakivachchalari Toʻgʻrul va Dovudbek qoʻzgʻolon qilib, Alp qora va uning 1000 jangchisini qatl etadilar. Alitegin farzandlari bilan ularga qarshi chiqqan, aholi ham ularni qoʻllab-quvvatlagan. Turkmanlar toʻla magʻlubiyatga uchrashgan, ularning mol-mulklari musodara qilingan, ayollari va bolalarining bir qismi asir olingan; noilojlikdan Dovudbek akasi bilan Xorazm hokimi Horun ibn Oltuntosh panohiga oʻtgan. Horun Masʼud Gʻaznaviy uyushtirgan fitna oqibatida oʻldirilgach (1035), Dovudbek akasi bilan Xuroson tomonga oʻtib ketgan. Dovudbek va Toʻgʻrulbek boshchiligidagi turkmanlar Masʼud Gʻaznaviy ustidan jangda gʻolib chiqqach, Nishopurda imzolangan shartnoma (1035)ga koʻra Toʻgʻrulbek Nisoga, Yobgʻu Faravaga va Dovudbek Dahistonga hukmdor (voliy) qilib tayinlandilar. Ularga dehkon unvoni va voliylik mansabiga munosib sovgʻalar berildi. 1037-yilda Marvda Dovudbek nomi bilan tanga zarb qilinadi. 1040-yil Dandanakon jangidan soʻng saljuqiylar Xurosonni, 1043-yil Xorazmni zabt etdilar. 1059-yil gʻaznaviylardan Ibrohimbek bilan Dovudbek oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, Balx Dovudbek qaramogʻiga oʻtgan. Dovudbek vafotidan soʻng saljuqiylar davlatining Sharqiy qismiga uning oʻgʻli Alp Arslon hukmdor boʻlib qoldi[1] [2].

Manbalar

tahrir
  1. "Dovudbek" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil