Chahorfasl hammomi
Chahorfasl hammomi — Arok shahrida Qojarlar hukmronligi davrida qurilgan. Shahar arxitekturasi va qadriyatlari nuqtai nazaridan qadrli inshoot hisoblanadi. Hammom 3 boʻlimdan iborat boʻlib, 1-boʻlimi erkaklar uchun, 2-boʻlimi ayollar uchun va 3-boʻlimi shaharda yashovchi boshqa din vakillari uchun moʻljallangan. Hammomning libosxonasi 7 rangdagi koshinlar bilan bezatilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 257-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.