Chak Sahbu
Chak Sahbu (yoki Chak Sabu) — Hindistondagi Panjob shtatining Jalandhar tumanida joylashgan kichik qishloq. Hududni qishloqdan vakil etib saylangan Sarpanch boshqaradi. Mazkur hudud Jalandhardan sharqqa qarab 49 km, Fillaurdan 14 km va Chandigarhdan 119 km masofa uzoqlikda joy olgan. Eng yaqin aholini roʻyxatga olish shaharchasi va bozor Apragacha 1 km lik yoʻl mavjud.
Chak Sabhu | |
---|---|
QISHLOQ | |
31°4′42″N 75°52′34″E / 31.07833°N 75.87611°E | |
Mamlakat | Hindiston |
Shtat | Panjob |
Tuman | Jalandhar |
Tehsil | Fillaur |
Markazi balandligi | 246 m |
Aholisi (2011) |
1,830[1] |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Telefon kodi | 01826 |
Pochta indeks(lar)i | 144416 |
Avtomobil kodi | PB 37 |
|
Transport tizimi
tahrirEng yaqin poezd stansiyasi 13.9 km uzoqlikdagi Fillaur shahrida, eng yaqin ichki aeroport Ludhiana shahrida va eng yaqin xalqaro aeroport 143 km uzoqlikda joylashgan Amritsarda qad rostlagan[2].
Festival va yarmarkalar
tahrirGurudvara Singx Sabha Sahib va Shohi Darbar Baba Gugga jahar Peer Shakandi bu hududdagi asosiy diniy joylar hisoblanadi. Odamlar har yili Chak Sahbuda yarim dunyoviy maʼnoga ega boʻlgan va barcha din vakillari tomonidan madaniy bayramlar sifatida qabul qilingan festival va yarmarkalarni nishonlash uchun tashrif buyuradilar.
- Shakandi Peer Shinj Mela (Anʼanaviy kurash turniri)
- Kabaddi turniri
- Gurmat Samagam
Demografiyasi
tahrir2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Chak Sahbu aholisi 1830 kishidan iborat boʻlgan, bular: 381 oilada 888 erkak va 942 ayoldan tarkib topgan. Qishloqda savodxonlik darajasi Panjobga nisbatan past. 6 yoshgacha boʻlgan bolalar soni 191 nafar boʻlib, qishloq aholisining 10,44 foizini tashkil etadi. Erkaklar savodxonligi 74,00 foizni, ayollarning savodxonlik darajasi esa 70,42 foizni tashkil qiladi. Qishloqning oʻrtacha jinsiy nisbati 1061 ni tashkil etadi, bu Panjob shtatidagi oʻrtacha koʻrsatkich 895 dan yuqori. Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, qishloqda bolalar jinsi nisbati 1274 ni tashkil etadi, bu Panjobdagi oʻrtacha koʻrsatkich 846 kishidan yuqori. Qishloq jadvalli kastaga ega (SC) va bu qishloqumumiy aholisining 46,61% ni tashkil qiladi. Bu yerda jadvalli qabilalar (ST) aholisi mavjud emas.
Manbalar
tahrir- ↑ „Chak Sahbu Population Census 2011“. census2011.co.in.
- ↑ „Chak Sahbu Population - Jalandhar, Punjab“. villageinfo.in.