Chalaxordalilar (Hemichordata) – umurtqasizlar tipi. Ilgari xordalilar kenja tipi sifatida qaralgan. Xordaga oʻxshash organ – notoxordasi, jabra yoriklarining boʻlishi bilan xordalilarga oʻxshab ketadi. Chala xordalilar 2 yonlama simmetriyali, selomik hayvonlar. Gavdasi 3 boʻlim: xartum, yoqacha va tanadan iborat. Har bir boʻlimning oʻz sellomik xaltasi boʻladi. Notoxorda – ichakning uchi berk oʻsimtasi xartum uchun tayanch vazifasini bajaradi. Halqumda jabra yoriqlari joylashgan. Qon aylanish sistemasi organlari boʻylama orqa va qorin qon tomirlaridan iborat. Orqa qon tomirining notoxorda ustidagi qismi kengayib, lakunar yurakni hosil qiladi. Nerv sistemasi teri epiteliysida joylashgan boʻlib, yoqacha bilan tanasi oʻrtasidagi nerv halqasi va u bilan bogʻlangan orqa hamda qorin stvollaridan iborat. Ayirish organlari – juft selomoduktlar xartumda va yoqachada joylashgan. 2 sinfi: ichak bilan nafas oluvchilar va qanot jabralilar bor.

Chalaxordalilar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar