Kumaratunga Chandrika xonim (1945.29.6, Kolombo) — Shri Lanka davlat arbobi. Sorbonna universitetini tugatgan. Siyosiy fanlar doktori. 1972—76 yillarda Yer islohoti komissiyasi direktori va bosh direktori, 1976—77 yillarda yoshlarni uy-joy bilan taʼminlash komissiyasi raisi, 1977—79 yillarda BMT oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashqilotining Shri Lankadagi vakolatxonasi mutaxassisi. 1993 yildan Gʻarbiy viloyat hukumati boshligʻi, soʻng Shri Lanka Demokratik Sotsialistok Respublikasi bosh vaziri, 1994 yil oktyabrdan prezidenti.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil