Changing Times, Changing Tenses
„Changing Times, Changing Tenses“ („Oʻzgarayotgan zamon, zamonlarni oʻzgartirish“), toʻliq nomi „Changing Times, Changing Tenses: A Review of the English Tense System“ („Oʻzgarayotgan zamon, zamonlarni oʻzgartirish: Ingliz tilining zamonlar tizimi obzori“) — Patricia Wilcox Peterson qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1980-yil Vashington shahrida AQSh Maʼlumot agentligining (inglizcha: United States Information Agency) Ingliz tili dasturlari boʻlimi (inglizcha: English Language Programs Division) tomonidan chop etilgan. 1988-, 1989-, 1991-, 1992-, 1994-, 1995-, 1996- hamda 2000-yillarda qayta nashr qilingan.
Muallif(lar) | Patricia Wilcox Peterson |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | grammatika |
Nashriyot | AQSh Maʼlumot agentligi |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1980 |
Sahifalar soni | 155 |
Asarda ingliz tili zamonlari koʻrib chiqilgan. „Changing Times, Changing Tenses“ ingliz tilini boshlangʻich hamda oʻrta darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan. Asarda qoʻllangan suratlarning aksari „The Denver Post“ gazetasidan olingan.