Changitkich
Changitkich — oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish, gʻoʻzaning barglarini toʻkish (defoliatsiya) maqsadida ularga quruq changsimon moddalar (zaharli dorilar) sepish uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi mashinasi. Xuddi shu maqsadda oʻsimliklarga suyuq moddalarni sepadigan mashina purkagich deb ataladi (qarang Purkagichlar). Ch.ning traktorga oʻrnatib va yelkaga osib ishlatiladigan turlari boʻladi. Traktorga oʻrnatib ishlatiladigan Ch. bilan bir yoʻla 8 yoki 16 qator oʻsimlikka (mac, gʻoʻzaga) dori sepish mumkin. Asosiy qismlari: ventilyator (yoki dori aralashtirish kamerasi), parrak, dorini toʻzituvchi uchlik, taʼminlagich shnek, gʻaltak va tarelka (rasmga q.). Ch.ning ish organlari traktorning quvvat olish validan harakatlanadi. Yelkaga osib yuriladigan Ch.ning asosiy qismlari: taʼminlagichli bunker, qoʻlda harakatlantiriladigan ventilyator, toʻzituvchi uchlikli nay, yelkaga osish tasmasi. Barcha Ch.larning ish tarzi bir xil: taʼminlagich bunkerdagi dorini aralashtirish kamerasiga haydaydi, ventilyator hosil qiladigan havo oqimi uni toʻzitkich orqali oʻsimlikka purkaydi. Ch.lar bilan gʻoʻzalar, daraxtlar, toklarga ishlov beriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |