Chaqchar
Chaqchar — Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari oraligʻida joylashgan togʻ tizmasidir[1].
Chaqchar togʻ tizmasi | |
---|---|
Togʻ tizmasi | Hisor tizmasi |
Choʻqqisi | Xuroson |
Balandligi | 3749 |
Joylashuvi
tahrirChaqchar togʻ tizmasi Hisor togʻ tizmasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. U gersin togʻ hosil boʻlishida burmalangan.
Choʻqqisi
tahrirXuroson — Chaqchar togʻining eng baland choʻqqisi hisoblanib, balandligi 3749 metrga teng. Chaqcharga yaqin hududda joylashgan Boysuntogʻda oʻrtacha balandlik 3700 metr, Koʻhitangda esa 3100 metrni tashkil etadi.
Geografiyasi
tahrirChaqchar togʻ tizmasi Surxondaryo tabiiy geografik okrugida jolashgan.
Iqlimi
tahrirBu yerning iqlimi quruq subtropik boʻlib, togʻ choʻqqisiga koʻtarilgan sari iqlim oʻzgara boradi. Pastliklarda qish qisqa va iliq, togʻ choʻqqilarida esa birmuncha sovuq boʻlishi kuzatiladi[2].
Yogʻin miqdori
tahrirHisor togʻining janubiy yonbagʻirlari, jumladan Chaqchar, Boysun, Sultontogʻ kabi tarmoqlarida yogʻin miqdori yillik 800-900 mm ni tashkil etadi. Bu yogʻinning asosiy ulushi qish va bahor oylariga toʻgʻri keladi. Kuz va yozda eng kam yogʻin holati qayd etilgan.
Tuprogʻi
tahrirMazkur hududning dengiz sathidan 500 metr balandlikdagi qismlarida asosan och boʻz tuproq keng tarqalgan. Shuningdek shoʻrlashgan boʻz tuproq ham mavjud. 500 metrdan 1200 metrgacha boʻlgan baland qismlarida esa oddiy va toʻq tusli boʻz tuproq uchraydi. Eng baland choʻqqilarga yaqin yonbagʻirliklarda esa (1500-2500 metr) togʻ-jigarrang tuprogʻi keng tarqalgan.
Oʻsimlik dunyosi
tahrirAdirlarda asosan efemer oʻsimliklar, jumladan, shuvoq, qoʻziquloq va kavrak uchraydi. Butalardan: bodom, zirk kabilar oʻsadi. 2500 metrdan baland hududlarda yaylov mintaqasi joylashgan. Bu yerda subalp va alp oʻtloqlari mavjud.
Hayvonot dunyosi
tahrirMazkur hududlarda tulki, boʻrsiq, togʻ takasi va boʻrilar keng tarqalgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Madrahimov, Zohid. Tarixiy toponimika. Toshkent: Navro'z nashriyoti, 2017-yil — 68-bet. ISBN 978-9943-381-84-1.
- ↑ „Surxondaryo tabiiy geografik okrugi“ (o'zbek). geografiya.uz (2020-yil 23-may). Qaraldi: 08-2023.