Charles Édouard Guillaume
Charles Édouard Guillaume (talaffuzi: Charlz Edouard Guillaume) (1861.15.2, Flerye - 1938.13.6, Parij) — shveysariyalik fizik va metrolog. Ilmiy ishlari asosan metrologiyaga oid. 1883—1889 yillarda chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlashga va metrning platina-iridiyli etalonlarini bir-biriga solishtirishga oid ishlarda qatnashgan. Guillaume 1 kg suvning hajmini aniqlagan. Aniq asbobsozlik, metrologiya va geodeziya sohalarida katta ahamiyatga ega boʻlgan invar tipidagi krtishmalar seriyasini yaratgan. Nobel mukofoti laureati (1920).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |