Charles Fourier
François Marie Charles Fourier (talaffuzi: Fransua Mari Sharl Furye; 1772-yil 7-aprel, Besançon, Fransiya qirolligi — 1837-yil 10-oktyabr, Parij, Fransiya qirolligi) — fransuz faylasufi va sotsiologi, utopik sotsialist. Burjua tuzumini tanqid qilib, boʻlajak jamiyat rejasini ishlab chiqqan. Uningcha, inqirozni boshidan kechirayotgan sivilizatsiyalashgan jamiyat oʻrniga uygʻunlikka asoslangan, insonning barcha qobiliyatlari namoyon boʻladigan oliy ijtimoiy tuzum keladi. Bu jamiyatning boshlangʻich yacheykasi sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini birlashtiruvchi „falanga“ (juda katta jamoa) lardir. Fourierga koʻra, sotsialistik gʻoyalarni tinch yoʻl bilan targʻib qilish orqali yangi jamiyat qaror topadi. Asosiy asarlari: „Toʻrt harakat va mushtarak takdirlar nazariyasi“ (1808), „Jahon birligi nazariyasi“ (1822), „Uy va yer ishlari uyushmasi haqidagi risola“ (1822), „Yangi xoʻjalik sotsiyetar dunyosi“ (1829).
Charles Fourier | |
---|---|
Tavalludi |
François Marie Charles Fourier 7-aprel 1772-yil |
Vafoti |
10-oktyabr 1837-yil (65 yoshda) Parij, Fransiya qirolligi |
Fuqaroligi | Fransiya |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |