Charles Green (1901—1972) – Sharqiy Angliya qazilma ishlari va Sutton Hooda halokatga uchragan kemalar ustidagi tadqiqotlari bilan tanilgan ingliz arxeologi[1]. Uning koʻzga koʻringan yutuqlari Sharqiy Angliya qazilma ishlari boʻlib, toʻrt yil Caister-on-Sea va Burgh Castleda ishlagan. 1961-yilda Walsingham Priorydagi ishlarga bir necha hafta mobaynida rahbarlik qilgan[2]. Qolaversa, Green oʻzining kemalar boshqaruvidagi uzoq yillik tajribalarini 1963-yildagi „Sutton Hoo: The Excavation of a Royal Ship-Burial“ nomli kitobida koʻrsatib bergan. Ushbu asar Anglo-Saxonlarning dafn marosimini va Greenning kema sanoatiga va dengizchilikka qoʻshgan hissalarini oʻzida mujassamlagan.

Charles Green
Tavalludi 1901-yil
Vafoti 1972 (yoshi 70–71)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland
Kasbi Arxeolog

Green arxeologiya sohasida oʻz faoliyatini dastlab Salford Royal muzeyida yordamchi sifatida boshlagan, keyinchalik, 1932-yilda Gloucester muzeyida qoʻriqchi boʻlib ishlagan. Uning 1950—1960-yildagi Sharqiy Angliya taqdqiqotlari Birlashgan Qirollik ishlari vazirligi tomonidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari Green Britaniya arxeologiyasi milliy ijrochi kengashining aʼzosi, Norfolk tadqiqot qoʻmitasi prezidenti va Norfolk va Norwich arxeologik jamiyati vitse-prezidenti boʻlgan.

Faoliyati

tahrir

Charles Green 1901-yilda Angliyaning Lancaster shahrida tugʻilgan. U arxeologik faoliyatini Katta Manchesterdagi Salford Royal muzeyida yordamchi sifatida boshlagan va 1932-yilda Gloucester muzeyiga qoʻriqchi etib tayinlangan. U yerda Gloucestershirening dastlabki tarixini oʻrgangan, asosan Rim Gloucesteri haqida oʻrganishni boshlagan va bir nechta maqolalarni nashr etgan, shu jumladan, Birdlipda topilgan qabrlar haqida muhim boʻlgan 1949 ta eslatma yozib qoldirgan. Ikkinchi Jahon urushi paytida Royal Air Force kompaniyasi Greenni ishga yollagan. U oʻzining arxeologik qiziqishlariga mos kelgani uchun fotografiya va razvedka boʻlimlarida faoliyat olib borgan[1].

Tashkilotlar

tahrir

Green 1953-yilda Norfolk va Norvich tabiatshunoslar jamiyatiga aʼzo boʻlgan. 1964-yildan boshlab esa Norfolk va Norvich arxeologik jamiyatining vitse-prezidenti etib tayinlangan. U ilgari Norfolk tadqiqot qoʻmitasi prezidenti va Buyuk Yarmut arxeologik jamiyati prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek Green, Britaniya Arxeologiyasi Kengashi Milliy rahbariyatining dastlabki aʼzosi boʻlib, uning dastlabki yillarida unga rahbarlik qilgan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Greenning Barbara Green ismli qizi boʻlgan[3]. U ham arxeolog boʻlib, 1963-yildan 1992-yilgacha Norvich qal’asida arxeologiya qoʻriqchisi boʻlib xizmat qilgan[4]. Charles Green 1971-yilda Norfolkdagi Ormesbi Sent-Margaret shahrida hayot kechirib, 1972-yilda oʻsha yerda vafot etgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 A. 1973.
  2. Agutter 2011.
  3. 3,0 3,1 Johnson 1983, s. 1.
  4. Knights 2018.