Charles Nicolle
Charles Nicolle (1866.21.9, Ruan - 1936.28.2, Tunis) — fransuz mikrobiologi. De Frans kolleji professor (1932-yildan). 1903-yildan Tunisdagi Paster instituti doktori. Ilmiy ishlari, asosan, infeksion kasalliklar (teri va visseral leyshmanioz, toksoplazmoz, traxoma, skarlatina, gripp, Oʻrta dengiz isitmasi va boshqalar)ning qoʻzgʻatuvchilarini oʻrganishga hamda maxsus vaksina va zardoblar tayyorlash usullarini ishlab chiqishga bagʻishlangan. Toshmali terlama (tif)ning qoʻzgʻatuvchisi kiyim biti ekanligini tajribada isbotlab bergan (1909). Nobel mukofoti laureati (1928)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |