Charlie Bilodeau
Charlie Bilodeau (talaffuzi: Charli Bilodo; 1993-yil 6-avgustda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi.
Charlie Bilodeau | |
---|---|
Séguin va Bilodeau | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Kanada |
Tavalludi |
6-avgust 1993-yil Rimouski, Quebec, Kanada |
Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) |
Oldingi sheriklari | Lyubov Ilyushechkina Julianne Séguin, Krystel Desjardins |
Murabbiyi | Richard Gauthier |
Uchishni boshlagan | 1996 |
Yakunlagan | 2020 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 68.62 |
Erkin dastur | 125.51 |
Sobiq sherigi Julianne Séguin bilan birga 2016 Skate America turnirining chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni va uch karra Kanada milliy chempionatining medal sovrindori. Juftlik Kanada vakili sifatida 2018-yilgi Qishki Olimpiada ishtirok etib, o‘yinlarida 9-o‘rinni egallagan.
Charlie yana bir sobiq sherigi Lyubov Ilyushechkina bilan birga 2019 Chinese Cup turnirida, 2019 CSFinlandia Trophy turnirida hamda 2020-yilda Kanada milliy chempionatida ishtirok etib bronza medali sohibi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirCharlie Bilodeau 1993-yil 6-avgustda Kanadaning Kvebek shtatidagi Rimouski shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
tahrirBilodeau 1996-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U 2012-yil noyabr oyida Segin bilan juftlik hosil qilgan[1].
2013—2014-yilgi mavsum
tahrirSéguin / Bilodeau juftligi xalqaro miqyosdagi musobaqada 2013-yilning kuzida debyut qilgan. 2013—2014-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashib, Chexiyada boʻlib oʻtgan musobaqada to‘rtinchi, Belarusiyada da esa beshinchi o‘rinni egallagan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida oʻsmirlar toifasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada vakili sifatida ishtirok etgan[2].
2014—2015-yilgi mavsum
tahrir2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasi davomida Seguin / Bilodeau juftligi Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada rossiyalik Lina Fyodorova / Maksim Miroshkin juftligini ortda qoldirgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-prida ham yana bir oltin medalni qo‘lga kiritgan juftlikka Gran-pri finalida ishtirok etish uchun yo‘llanma berilgan. 2014-yil dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan soʻnggi Gran-pri musobasida juftlik Fedorova / Miroshkin juftligidan 9,79 ball farq bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan[3].
Dasturlari
tahrirSegin bilan
tahrirMavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2017—2018 |
|
|
2016—2017 |
|
|
2015—2016 |
|
|
2014—2015 |
|
|
Natijalari
tahrirGP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Segin bilan
tahrirXalqaro | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 13—14 | 14—15 | 15—16 | 16—17 | 17—18 | 18—19 |
Olimpiada | 9 | |||||
Jahon chempionati | 8 | WD | 11 | 22 | ||
Toʻrt qitʼa | WD | |||||
GP finali | 4 | 5 | ||||
GP Finlandiya | WD | |||||
GP Fransiya | 3 | WD | ||||
GP NHK | 4 | |||||
GP Rostelecom | 5 | 5 | ||||
GP Skate America | 3 | 1 | ||||
CS Autumn Classic | 1 | 3 | ||||
CS Nebelhorn | 5 | |||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||||
Jahon chempionati | WD | 2 | ||||
JGP finali | 1 | |||||
JGP Belarusiya | 4 | |||||
JGP Chexiya | 4 | 1 | ||||
JGP Germaniya | 1 | |||||
Milliy | ||||||
Kanada chempionati | 2-J | 3 | 2 | WD | 2 | |
J = Oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tark etgan |
Manbalar
tahrir- ↑ Golinsky, Reut. „Julianne Séguin and Charlie Bilodeau: "Let's have fun! Let's be crazy!"“. Absolute Skating (2016-yil 8-dekabr).
- ↑ „Séguin & Bilodeau withdraw from the 2017 Canadian Tire National Skating Championships“. Skate Canada (2017-yil 18-yanvar). 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Yoshida, Hiro. „Julianne Séguin & Charlie Bilodeau Back on Track“. Europe on Ice (2017-yil 26-mart).