Chashmayi Ayub koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Ayub paygʻambar nomi bilan bogʻliq. Chashmayi Ayub „Ayub chashmasi, qudugʻi“ maʼnosini bildiradi. Bu yerdagi quduqning paydo boʻlishi toʻgʻrisida xalq orasida rivoyat mavjud[1]. Unga koʻra, shaharda qurgʻoqchilik boʻlgan davrda Ayub paygʻambar tashrif buyurgan va aholi iltijosi bilan qoʻlidagi hassasini yerga urgan. Shu joyda chashma – quduq hosil boʻlib, aholi najot topgan ekan. Shuningdek, „Tarixi Mullozoda“ asarida ham Chashmayi Ayyub toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan[2].

Chashmayi Ayub koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Kim sharafiga nomlangan Ayub paygʻambar



Manbalar

tahrir
  1. To'rayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.