Chashnachilik (forstoj. chashoni — tatib koʻrish, yedirish) — uzum, vino, oziq-ovqat mahsulotlari yoki oʻsimlik xom ashyosi sifatini organoleptik usulda — koʻrish, hidlash, taʼm bilish, eshitish aʼzolari orqali aniqlash. Vinochilikda vinoning isteʼmol qimmatini hamda ishlab chiqarish jarayonida uning sifatini maxsus chashnachi ustalar baholaydilar. Tajribali vinochichashnachi kimyoviy taxdil yoki maxsus asboblar yordamida olingan vino yoki vino mahsulot haqidagi axborotni toʻddirib, texnologik jarayonning takomil darajasiga tuzatishlar kiritadi. Choy Ch.da quruq choyning tashqi koʻrinishi, damlangan choyning taʼmi, rangi, xidi va bargining koʻrinishi; tamakida hidi, taʼmi, oʻtkirligi, tutunida yogʻli moddalarning boʻlishiga eʼtibor beriladi. Uzumning xoʻraki navlari Ch. jihatidan 10 balli shkala boʻyicha — uzum boshi va gʻujumining koʻrinishi, taʼmi va hidi, poʻsti xususiyatlari va etining tuzilishi boʻyicha baholanadi. Ch.ning kamchiligi — uning muayyan darajadagi subʼyektivligi, afzalligi esa, eng sezgir asboblar bilan aniqlab boʻlmaydigan oʻziga xos nozik sifat xossalarini farqlash va unga baho berishidir. Ch.da vinolar orasidagi kimyoviy yoʻl bilan aniqlash mumkin boʻlmagan farqni, mac, markali va oddiy vino orasidagi taʼm, xushboʻylik va boshqa farqlarni aniqlash mumkin. Ch.ni maxsus tajriba va layoqatga ega boʻlgan chashnachi mutaxassislar bajaradilar. Bunday qobiliyat tabiiy tarixiy rivojlanish natijasi boʻlib, inson shakllanganidan to hanuzgacha va bundan buyon ham ishlab chiqarish faoliyati taʼsirida isteʼmol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini saqlash, ovqatlanish madaniyati bilan doim aloqadorlikda takomillashib boradi. Maza sezish aʼzolari rivojlangan, nodir qobiliyat egalari boʻlgan chashnachilar bilinarbilinmas, nihoyatda nozik taʼm va lazzatlarni sezib, xulosa chiqara oladilar. Koʻrgazma, tanlov va yarmarkalarda vino, uzum, tamaki mahsulotlari sifati chashnachilar xulosalariga koʻra belgilanadi. Qadimdan oʻzbeklar orasida urf boʻlgan anor sayli, qovun sayli (shirinak) kabi sayillarda ham yetishtirilgan anor, anjir, qovuntarvuz shirinligi, rangi, etining muloyimligi, sharbati miqdori, urugʻining ozligi yoki yirikmaydaligi kabi sifatlarini aniqlash boʻyicha chashnachilar musobaqalari oʻtkazilgan.