Chittagong
(Chatagamdan yoʻnaltirildi)
Chittagong, Chatagam — Bangladeshdagi shahar, Bengaliya qoʻltigʻidan 15 km ichkarida, Karnapxuli daryosi boʻyida. Chittagong viloyatining maʼmuriy markazi. Axoliyey 2,1 mln. kishidan ziyod (1990-yillar urtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Yirik port. Mamlakatning iqtisodiy markazi. Jut, ip gazlama, kimyo, oziq-ovqat, sement, yogʻochsozlik va metallsozlik sanoati korxonalari, issiqlik elektr styasi, universitet bor. Metallurgiya va neftni qayta ishlash, elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi zdlar, tayyor kismlardan avtomobil yigʻish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Shahar miloddan avvalgi 1asrdan maʼlum. Meʼmoriy yodgorliklardan 12—17-asrlarga oid binolar saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |