Chatqol
Chatqol (qirgʻizcha: Чаткал/Chatkal) — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati va Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi daryo. Chorvoq suv ombori qurilgunga qadar Chirchiqning yirik irmogʻi boʻlgan. Uzunligi 217 km, havzasining maydoni 7110 km². Talas Olatovining jan.garbiy yon bagʻridan Qoraqulja nomi bilan boshlanadi. Qoraqasmoq irmogʻi qoʻshilgach, Ch. nomini oladi. Chorvoq suv omboriga quyiladi. Boshlanish qismida Ch. chuqur va tor darada oqadi; Qorataka irmogʻi quyilgan joydan boshlab daryo vodiysi keskin kengayadi. Quyi qismida Ch. bir necha terrasalari boʻlgan keng vodiyda chuqur oʻzanda oqadi.
Chatqol | |
---|---|
Chatqol quyi oqimida | |
Tavsif | |
Uzunligi | 217 |
Suv sarfi | 126 m³/s |
Davlat | Oʻzbekiston va Qirgʻiziston |
Chatqol |
CH. vodiysining yon bagʻirlari koʻp joylarda tik va baland togʻ yon bagʻirlaridan iborat, kalta irmoklar, jarliklar bilan parchalangan. Vodiysi keng joylarda yon bagʻirlari yotiqroq, balandligi 8– 40 m boʻlgan terrasalar hosil qilgan. Eni 200–300 m li qayirlarda daryo oʻzani bir necha mayda tarmoqlarga ajralib ketadi. Daryo havzasi baland togʻlarda joylashgan (oʻrtacha balandligi 2605 m). Umumiy maydoni 51 km² boʻlgan 119 kichik muzlik bor. Daryo qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Ch.ning oʻrtacha yillik suv sarfi Ters daryosining quyilish joyida 67 m³/sek., Nazaytoʻqay qishlogʻi yonida 85 m³/sek., suv omboriga quyilish yerida 126 m³/sek., 1932—74 yillardagi kuzatish maʼlumotlariga koʻra, daryoning quyilish kismida eng koʻp suv sarfi 920 m³/sek., eng kam suv sarfi esa 7,0 m³/sek. boʻlgan. Ch. daryosida mart oyidan suv koʻpayadi, yanvar — fevralda kamayadi. Oʻrta hisobda yillik suv miqdorining 55% mart— iyunda, 30% iyul—sentabrda va 15% oktabr—fevral oylarida oqib oʻtadi. Daryo suvi uncha loyqa emas (oʻrta hisobda 460 g/m3). Daryo suvi tez oqqanligidan muzlamaydi. Lekin, shovush oqishi va qirgʻoq muzlashi mumkin. Ch. suvidan ekin maydonlarini sugʻorishda foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |