Chayonlar
Chayonlar (Scorpiones) – oʻrgimchaksimonlar turkumi, baʼzan mustaqil sinf sifatida qaraladi. Uzunligi 1–20 sm. Boshkoʻkragi yaxlit qalqon bilan qoplangan. Bu qalqon oʻrtasida 2 juft, uning 2 yonida bir necha juft koʻzlari bor. Kutikulasi mum qavati bilan qoplangan. Qorin qismi kengaygan. Ingichka keyingi boʻlimi boshkoʻkrak tomoniga egiluvchan. Bir juft zahar bezi keyingi qorinning oxirgi boʻgʻimida joylashgan boʻlib, sanchuvchi nashtarga ochiladi. Xelitseralari mayda, qisqichsimon. Oyoq paypaslagichlari uchki qismi yirik qisqichga aylangan. Oʻpka orqali nafas oladi. Spermatoforlar yordamida urugʻlanadi. Chayonlar tirik tugʻadi. 750 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekistonda bir necha turi bor. Chipor chayon koʻp uchraydi. Yirtqich, tunda ov qiladi. Chaqqanida qattiq ogʻriq kuzatiladi. Ammo chayon chaqishi oʻlimga olib kelmaydi[1].
Chayonlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Manbalar
tahrir- ↑ Richard J. Howard, Gregory D. Edgecombe, David A. Legg, Davide Pisani, Jesus Lozano-Fernandez. Exploring the evolution and terrestrialization of scorpions (Arachnida: Scorpiones) with rocks and clocks(ingl.) // Organisms Diversity & Evolution. — 2019-03-01. — Vol. 19, iss. 1. — P. 71—86. — ISSN 1618-1077. — DOI:10.1007/s13127-019-00390-7. Архивировано 18 avgust 2023 года.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |