Challenger
(Chellenjerdan yoʻnaltirildi)
„Challenger“ (OV-099) (talaffuzi: chellenjer) – AQShning koʻp marta uchirishga moʻljallangan, bortida kosmonavt-uchuvchisi boʻlgan transport kosmik kemasi. „Space Shuttle“ transport kosmik kema majmuasi tarkibiga kiradi. „Challenger“ning startoldi massasi – 2000 t, uzunligi – 56 m. Ekipaji 7 kishidan iborat boʻlgan. Ikki bosqichli tizim asosida uchirilgan. Kemaning 1 bosqichi qattiq yoqilgʻili raketa dvigateli boʻlgan 2 ta tezlatkichdan iborat, 2 bosqichi (orbital) bortida astronavt boʻlgan, qanotli boʻlib, orbitadan chiqqandan soʻng „samolyot“ rejimida qoʻnish qobiliyatiga ega boʻlgan. „Challenger“ 1986-yil 28-yanvarda halokatga uchragan[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ Lotito, Jennifer „3 Leadership Lessons From The Challenger Space Shuttle Disaster“ (en). Forbes. Qaraldi: 2024-yil 28-yanvar.
- ↑ „Challenger explosion was 38 years ago today; Naples’ readers recall event“ (en-US). Naples Daily News. Qaraldi: 2024-yil 28-yanvar.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Space Shuttle Challenger mavzusiga oid fayllar bor. |
- „Space Shuttle“ (Wayback Machine saytida 2021-02-09 sanasida arxivlangan) (inglizcha)
- „Challenger“ (OV-99) (inglizcha)