Chernovtsi (1944-yilgacha Chernovitsi) — Ukrainaning Chernovtsi viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Karpat togʻlari etagida, Prut daryosi sohilida. Chernovtsi va avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 240,6 ming kishi (2001).

Chernovtsi
48°17′27″N 25°56′4″E / 48.29083°N 25.93444°E / 48.29083; 25.93444
Mamlakat Ukraina
Chernovtsi xaritada

Chernovtsi Kiyev Rusi tarkibiga kirgan qad. shaharlardan. Shahar 1408-yildan maʼlum. U teztez qoʻddan qoʻlga oʻtib turgan. Avval Avstriya-Vengriya, keyin Ruminiyaga qaram boʻlgan. 1940-yilda Shimoliy Bukovina tarkibida USSRga qoʻshilgan.

Gʻarbiy Ukrainaning yirik sanoat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: yengil (tikuvchilik, qoʻlqoptrikotaj, poyabzal, paypoq, ipgazlama korxonalari), oziq-ovqat (goʻsht, yogʻmoy ktlari, shakarqand, sabzavot quritish va konserva zdlari), mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, neft sanoati apparaturalari, yengil sanoat uchun uskunalar, hisoblash texnika vositalari, elektr priborlar ishlab chiqarish), yogʻochsozlik (mebelsozlik va taxta tilish) korxonalari, issiqlik elektr markazi faoliyat koʻrsatadi. 2 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), 2 teatr, filarmoniya, xalq meʼmorligi va turmushi, oʻlkashunoslik, O. Yu. Kobilyanskaya va A. Fedkovich larning adabiymemorial muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Nikolay (17-asr), Pyatnitskaya, Klokuchkadagi Troitsa, Kalichankadagi Uspeniye yogʻoch cherkovlari (barchasi 18-asr) saqlangan.