Chigʻatoiylar
Chigʻatoiylar — Chigʻatoy ulusini idora etgan chingiziy sulola (1224— 1404). Chingizxonnint 2oʻgʻli Chigʻatoy ismidan kelib chiqqan.
Chigʻatoy ulusi hukmdorlari: Chigʻatoyxon (1224—42), Qora Huloku (Haloku)( 1242-46, 1252), Yesu Munke (1246—57), Orqina (Ergene) xotun (1252-61), Olgʻu (1261-65), Muborakshoh (1265—66), Baroqxon (1266—71), Nikpay (1271—72), Toʻgʻa Temur (1272-74), Duvaxon (1274-1306), Kunchak (1306—08), Toliqu (1308 — 09), Kebak (1309; 131826), Esan bugʻo (1309 — 18), Elchigadoy (1326), Duva Temur (1326), Tarmashirin (1326-34), Jingshi (Jankshi) (1334-35), Buzan (Puran) (1335-38), Yesun Temur (1338—40), Ali Sulton (Oʻqtoy naslidan) (1340—42), Muhammad (134243), Qozon (134346), Donishmandcha (Oʻqtoy naslidan)(1346— 48), Bayonqulixon( 1348—58).
14-asr oʻrtalarida Chigʻatoy ulusi parchalanib, ulusning sharqiy qismi — Sharqiy Turkiston va Yettisuvda turk va moʻgʻul qabilalarini oʻz ichiga olgan Moʻgʻuliston davlati tashkil topadi. Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtariladi. Chigʻatoy ulusining gʻarbiy qismida 1370-yil Amir Temur saltanati vujudga keladi. Sohibqiron taxtga chingiziylardan boʻlgan Suyurgʻatmishxon (1370—88), Sulton Mahmudxon (1388—1404)larni rasman xon qilib koʻtarib, hatto ularning nomidan yorliqlar chiqartirib, pullar zarb ettirgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |