Chilustun
Chilustun — Oʻzbekistonning Andijon viloyati va Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati chegarasidagi past togʻlar, PomirOlay tizmalarining tarmogʻi.
Xoʻjaobod tumani hududida. Shimoli-gʻarbdan janubi-sharq va sharqqa 12 km ga choʻzilgan. Balandligi 1200–1400 m gacha. Shimoliy yon bagʻri qiyaligi kamroq, asosan, adirlardan iborat.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |