Chim devor
Chim devor - Shahrisabz, Kitob va ular atrofidagi qalʼalarni oʻragan qad. mudofaadevorining qoldigʻi (milodiy 6-asr). Chimdan barpo qilingani uchun shu nom bilan atalgan. Chim devor xarobalari 1870, 1959-yillarda tekshirilgan. 19-asr oʻrtalarigacha bir necha marta taʼmirlangan. Chim devor boʻylab bir qancha istehkom, rabot, burj va darvozalar qurilgan. Devorning tashqi tomonida xandaq qazilgan. Chim devor qoldiklari sunʼiy marza holida saqlangan, eni 10–12 m, balandligi 3 m gacha, uz. 90 km dan ziyod.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |