Chimkent shahar rus drama teatri
Chimkent shahar rus drama teatri (2018-yilgacha "Janubiy Qozogʻiston viloyat rus drama teatri" deb nomlandi) — Chimkent shahridagi sanʼat markazlarining biri.
Chimkent shahar rus drama teatri | |
---|---|
qozoqcha: Шымкент қалалық орыс драма театры | |
Umumiy maʼlumot | |
Joylashuvi | Chimkent |
Manzili | Qozogʻiston |
Vebsayt | |
http://teatr.com.kz/ |
Tarixi
tahrirBirinchi teatr mavsumi 1929-yilning 1-noyabrida ochilgan. Shunday qilib, Sirdaryo viloyatining tomoshabinlari rahbariyati xalqni teatr saʼnatiga bogʻlash irqali Janubiy Qozogʻiston aholisining maʼnaviy manfaatlarini taʼminlashga qaror qildi. Teatrning birinchi bosh rejissyori va badiiy rahbari M. Razdolin boʻldi, tashkiliy ishlarni V.B.Sibiringa yuklangan.
1944-yilningg 8-mayida „Viloyat rus drama teatrin tashkil etish toʻgʻrisida“ qaror qabul qilindi. Teatr truppasi boʻlinib, ish yuzasidan alohida qozoq teatri qurildi. Ammo rasmiy turda teatr 1967-yili 15-noyabrda Chimkent viloyati madaniyat boshqarmasi buyrugʻi bilan rasman tashkil etilgan. Qozoq va rus teatrining direktori Bereshchuk, badiiy rahbari Nasonov boʻldi.
Teatr 1949-yili Ural shahriga koʻchib, keyin musiqali komediya teatri sifatida Chimkentga qaytdi. Shunday qilib, 1958-yili teatr qayta qurildi. 17-sentabrda shaharda teatrning binosin qurish loyihasin tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi (Qurilish ishlari 1965-yil mart oyida boshlanib, 1967-yil oktabrda yakunlandi. 2000-yilda teatr binosi qayta tiklandi va tashqi koʻrinishi yangilandi).
1959-yili 2-yanvarda teatr truppasi oʻzining birinchi pardasini A.E.Korneychukning „Yulduzlar nega miltillaydi?“ nomli spektakl bilan ochdi. 1968-yilning yanvaridan oʻz oldiga yakka, mustaqil teatr sifatida ajralib chiqdi. Teatrning ijodiy rivojlanishiga aktyorlar I.E.Bolotova, I.M.Freidin, A.I.Pashchenko, L.I.Knijnikova, S.M.Dogmarova, V.N. Matveev, O.A.Velichko; rejissyori Yu.I.Knijnikov, rassom F.A. Chernogolova (1978-yildan) va boshqalar. salmoqli hissa qoʻshdi. Teatr jamoasi bu davr mavzusini oʻzlashtirishga katta eʼtibor berdi va shuning uchun teatr repertuaridan 20-asr yozuvchilari (A. I. Abdulin, A. A. Dudarev, M. A. Galin, A. A. Kapler, O. Sh. Ioseliani, V. S. Rozov, X. Vuoliyoki) dramatik asarlari keng nashr etilgan. Teatr ijodiy jamoasi Qozogʻiston viloyat markazlari bilan bir qatorda Rossiya shaharlarida (Magnitogorsk, Miass, Zlatoust, Orsk) gastrollarda boʻldi.[1]
Spektakllari
tahrirTeatr har yili ijodiy yuksalish davrida, turgʻunlik davrini ham boshidan kechdi. Teatr mashhurligi eng birinchi bosh rejissyorning M. Razdolin) ismiga bogʻliq boʻlsa, K.Medvedev, V.Vanchenko, I.Dubrovskiy, P.Dogmarov, O.Belinskiy, Yu.Knijnikov, S.Abdiev, A.Melnikov, I.Verbitskiy rejissyorlik faoliyati davomida turli choʻqqilarni zabt eta oldi. Hatto respublika markazidagi teatrlar ham teatr repertuariga qiziqadi. Ular orasida zamonaviy taniqli dramaturg G. Gorinning „Gerostratani unut!“ va „. . . Chuma na oba vashi doma“ spektakllari bor. Teatr repertuarida mumtoz asarlarning oʻrni boshqacha. A. Ostrovskiyning „Na vyskoho mudretsa juda oddiy“, N. V. Gogolniki „Revizori“, M. Auezovning "Koʻkseregi „, Ch.Aytmatovning „Chingizxonning oq buluti“ asari M.Karimning „Oy tutilishi kechasi“, A. Tsagarelining „Xonim“ kabi mashhur pyesalari bilan bir qatorda uzoq xorijiy mualliflar — R. Kunining „Juda turmush qurgan taksichi“, R. Neshning „Yomgʻir sotuvchisi“, J. Steynbekning „Odamlar va sichqonlar“, G. Figeyredoning „Ezop“ kabi sahnalashtirilgan asarlari.
Yutuqlari
tahrirTeatr jamoasi Boyqoʻngʻir shahrining aholisi bilan yaxshi aloqalar oʻrnatib, oʻnlab yillar boʻyi oʻsha shaharga gastrollarga boʻlib keladi. 2005-yili Rossiya tomonining taklifiga binoan Pskov, Velikiye Luki, Novgorod va Moskva shaharlarida kontsert berdi. Teatr mehnati befarq qolmadi, ijodiy jamoa koʻplab festivallar, turli tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2008-yilda Bishkekda oʻtkazilgan xalqaro festivalda sahnalashtirilgan „Chingizxonning oq buluti“ asari hakamlar hay’ati va tomoshabinlarga manzur boʻldi, Sh. Aytmatov merosining eng yaxshi badiiy ifodasi va eng yaxshi ayol roli nominatsiyalari mazkur spektakl ijodkorlariga topshirildi.
Teatr „Maslenisa“, „Slavyan yozuvi va madaniyati kuni“, „Igray garmon!“, „Kazaxstkaya romansiyada“, „Nauryz“ har yili viloyat va shahar bayramlarida faol ishtirok etadi. Maktablar bilan yaqin aloqa oʻrnatgan teatr repertuaridan bolalar uchun moʻljallangan oʻndan ortiq ertak joy olgan.
Teatr qoshida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan „Balaganchik“ studiyasi Chimkentning iqtidorli yoshlari aktyorlik va rejissyorlik tajribalarin imkonini oshira oladi. Ushbu studiyaning bitiruvchisi Anton Mitnev Olmaotadagi M.Yu. Lermontov nomidagi Davlat akademik rus drama teatri qabul qilindi.
Teatrning hozirgi rahbariyati munosib taqdirlanib keladi. Bosh rejissyor Igor Verbiskiy „yaxshi rejissura“ nominatsiyasidan boshqa viloyat hokimining millatlararo totuvlik bilan doʻstlik va tinchlik yoʻlidagi ijodiy faoliyati uchun „Bauirmal“ mukofotiga ega boʻldi. Teatr direktori Natalya Shevchenko „Qozogʻistondagi teatr sanʼatin rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ kumush medali sohibi (2012-yilgi maʼlumotlari).[2]
Manbalar
tahrir- ↑ Qazaq ensiklopediyasi, 7 tom
- ↑ Qazaqstanniң mәdeni oshaqtari. Kulturnie sentri Kazaxstana: Fotoalbom. — Almati:“ASA" Baspa үyі" JShS, 2012. — 288 b. (qazaq, oris, tіlderіnde) ISBN 978-601-80325-0-9
Teatr sayti
tahrirhttp://www.teatr.com.kz/ (Wayback Machine saytida 2021-08-31 sanasida arxivlangan)