Chingiznoma yoki Tarixi Doʻst Sulton (1557—1558-yillarda Xiva xonligini qisqa muddat boshqargan Bujugʻaxonning oʻgʻli Esh Sulton yoki Doʻst Sultonga bagʻishlagan) – Xorazm tarixchisi Oʻtamish hoji Mavlono Muhammad Doʻst oʻgʻlining asari[1]. Unda Joʻji ulusi tarixi, jumladan, Oltin Oʻrda hukmdori Oʻzbekxonning 14-asr boshlarida islom dinini qabul qilishi hikoya qilinadi. Chingiznoma Abdulgʻaffor Qirimiyning 1744-yilda yozilgan Qrim-tatar xalqi tarixiga oid Umdet üt-tevärih asarining ilk tarixiy boʻlimlari uchun ham asos boʻlib xizmat qilgan[1].

Turkiy tilda yozilgan Chingiznoma muqaddima va 9 bobdan iborat. U Chingizxon va chingiziylar (xususan, xoʻja avlodlari) tarixiga oid koʻplab tarixiy rivoyatlarni oʻzida toʻplaganligi hamda Oltin Oʻrda xonlari va oʻgʻlonlar (xonzodalar) faoliyati haqida nodir maʼlumotlar berishi bilan qimmatlidir[2].

Asar faqat bitta toʻliq qoʻlyozma holida saqlanib qolgan, ushbu qoʻlyozma turkshunos va boshqird millatchisi Zaki Validiy Toʻgʻonga (1970-yilda vafot etgan) tegishli boʻlgan. Asar tahrir qilinmagan va u haqidagi ilmiy bahslar Zaki Validiyning oʻzi tomonidan qilingan nashrlar hamda Toʻgʻon kutubxonasidagi qoʻlyozma bilan tanishgan olimlar tomonidan qilingan nashrlar bilan cheklanadi. Asarning yagona qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida (^ 1552) saqlanadi[2].

Chingiznoma sharqshunos V. P. Yudin (1928—1983) tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va keyinchalik u faksimilesi hamda tegishli izohlar bilan 1992-yil Olmaotada chop etilgan[3].

Chingiznoma bilan tanishgan akademik Bartold muallifni shayboniylar sulolasiga yon bosishda, ularning boshqa sulolalardan ustunligini taʼkidlashga harakat qilganlikda ayblaydi[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Vásáry 2009, s. 372.
  2. 2,0 2,1 „Oʻtamish hoji“,   Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 9-jild (Toʻychi Hofiz — Sharshara). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 704-bet. 
  3. Chingizname (faksimile, perevod, transkripsiya, tekstologicheskie primechaniya, issledovanie V. P. Yudina), AlmaAta, 1992
  4. Bartold V. V., Otchet o komandirovke v Turkestan, Soch., t. 8, M., 1973

Adabiyotlar

tahrir
  • Vásáry, István (2009). "The Beginnings of Coinage in the Blue Horde". Acta Orientalia Academiae Scientiarum Hungaricae (Akadémiai Kiadó) 62, No. 4 (December): 371-385. 
  • Uli Schamiloglu, [1] The Umdet ul-ahbar and the Turkic Narrative Sources for the Golden Hordeand the Later Golden Horde in H. B. Paksoy (ed.), Central Asian Monuments, 1992, ISBN 975-428-033-9.
  • Z. V. Togan, Turkistan Tarihi, Istanbul, 1947.