Chinyelu Asher
Chinyelu Bessum Asher (1993-yil 20-mayda tugʻilgan) — amerikada tugʻilgan Yamayka professional futbolchisi, AIK va Yamayka ayollar terma jamoasi yarim himoyachisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Chinyelu Bessum Asher[1] | ||
Tavallud sanasi | 20-may 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Silver Spring, Maryland, AQSh | ||
Boʻyi | 1.67 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | AIK | ||
Raqami | 7 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016 | BIIK-Kazygurt | 7 | (0) |
2017 | Santa Fe | 7 | (0) |
2018 | Washington Spirit Reserves | 4 | (0) |
2019 | Stabæk | 14 | (0) |
2021 | Washington Spirit | 2 | (0) |
2022– | AIK | 10 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2012 | Jamaica U-20 | 4 | (5) |
2015– | Jamaica | 29 | (6) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22-may 2022-yil uchun) |
Yoshligi
tahrirChinyelu Asher 9 yoshida futbol oʻynashni boshlagan, unga buni Yamaykalik otasi Kevin Asher oʻrgatgan. Asher oʻrta maktablar darjasida trek va kross yugurib, Milliy va oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida bir necha bor qatnashgan. Bir vaqtning oʻzida Asher Fristate United bilan oʻynadi va mashgʻulotlar paytida oʻz maktabining oʻgʻil bolalar jamoasida oʻynadi.
Kollej karyerasi
tahrir2011 va 2013-yillar oraligʻida Asher Purdue Boilermakers jamoasida oʻynadi.[2] Keyinchalik u 2014-yilda Luisville Cardinalsga oʻtdi.[3]
Jamoalardagi faoliyati
tahrirAsher 2016-yilda BIIK-Kazigʻurt jamoasiga kelib qoʻshilgan va 2016-17-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasining 7 ta oʻyinida qatnashdi.[4] Keyinchalik u Santa Fe ga qoʻshildi[5] u yerda uning jamoasi 2017-yilgi mavsumda va mavsumdan keyingi turnirda gʻolib chiqdi va 2017 Copa Libertadores Femeninada barcha oʻyinlarni oʻynadi. 2018-yilda Asher mavsumoldi mavsumida ishtirok etishga taklif qilindi va Washington Spirit uchun roʻyxatdan oʻtmagan futbolchi boʻlib ishtirok etdi.[6] Asher 2019-yil yanvar oyida Stabæk safiga qoʻshildi.[7]
Asher 2021-yil 8-aprelda Washington Spiritga qayta qoʻshildi.[8]
Xalqaro karyera
tahrirAmerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilgan boʻlsa-da, Asher Yamayka vakili boʻlishga haqli edi chunki u otasi orqali Yamaykalik. Asher Yamayka U-20 tarkibida debyutini 2012-yilda 2012-yilgi CCONCACAF U-20 ayollar chempionatida oʻtkazDI. Asher kattalar safida debyutini 2016-yilgi CONCACAF ayollar olimpiya saralash chempionati saralash bosqichida, 2015-yil 25-avgust kuni DominikaN Respublikasiga qarshi oʻtkazdi.
Asher Yamayka terma jamoasining 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tarkibiga tanlangan edi. U jahon chempionatidagi debyutini jamoaning birinchi guruh bosqichida Grenoblda b'oʻlib oʻtgan Braziliyaga qarshi oʻyinida oʻtkazdi.[9]
Xalqaro gollar
tahrirBallar va natijalar birinchi boʻlib Yamaykaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi
Raq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1
|
2015-yil 25-avgust | Estadio Panamericano, San-Kristobal, Dominikan Respublikasi | Dominika | 7–0
|
13–0
|
2016-yilgi CONCACAF ayollar olimpiya saralash chempionati saralashi |
2
|
2018-yil 11-may | Stade Silvio Cator, Port-o-Prens, Gaiti | Martinika | 1 – 0 | 3–0
|
2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionati saralashi |
3
|
2018-yil 23-iyul | Estadio Moderno Xulio Torres, Barranquilla, Kolumbiya | Kolumbiya | 2–1
|
2018 Markaziy Amerika va Karib dengizi oʻyinlari | |
4
|
2-sentyabr 2018-yil | Milliy stadion, Kingston, Yamayka | Kuba | 6–1 | 2018-yilgi CONCACAF ayollar chempionati saralashi | |
5
|
6–0
|
Shaxsiy hayoti
tahrirAsherning onasi Kamerunlik, otasi esa Yamaykalik va Howard universitetida jamoaviy futbol oʻynagan. Asherning Daniel Asher ismli akasi bor, u Saint Leo universitetida futbol oʻynagan. Asher besh farzandli oilada ikkinchi eng kichigi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Chinyelu Bessum Asher - Profil“ (norvegcha). Norges Fotballforbund.
- ↑ „Chinyelu Asher - 2013“. Purdue. Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Chinyelu Asher - 2014“. Louisville Cardinals. Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Chinyelu Asher“. UEFA. Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Chinyelu Asher“. ceroacero. Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
- ↑ „Four Washington Spirit players named to provisional rosters for Concacaf Women's Championship“. Washington Spirit. Qaraldi: 24-oktabr 2018-yil.
- ↑ „JAMAICANSK LANDSLAGSSPILLER HAR SIGNERT“. Stabæk Fotball. 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2019-yil.
- ↑ Small, Jordan. „Washington Spirit Sign Chinyelu Asher, Camryn Biegalski and Cali Farquharson“. Washington Spirit (8-aprel 2021-yil). Qaraldi: 11-aprel 2021-yil.
- ↑ Miller, Nick. „Brazil 3–0 Jamaica: Women's World Cup 2019 – as it happened“ (inglizcha). The Guardian (9-iyun 2019-yil). Qaraldi: 9-iyun 2019-yil.
Havolalar
tahrir- Chinyelu Asher Soccerway saytida