Chiqish va botish tugunlari
Chiqish va botish tugunlari — osmon jismlari orbitalarining 6 elementi jumlasiga kiruvchi nuqtalar. Elliptik orbitalar boʻylab harakatlanayotgan osmon jismlarining vaziyatini aniqlash uchun katta yarim oʻq, ekssentrisitet, ogʻmalik, perigeliygacha masofa va oʻrtacha anomaliyayaan tashqari, yana Ch. va boshqa t. kattaligi maʼlum boʻlishi kerak. Har bir sayyora orbitasi ekliptikani 2 nuqtada kesib oʻtadi. Ana shu nuqtalardan birini chiqish, ikkinchisini botish tugunlari deyiladi. Sayyora osmonning Janubiy yarim sharidan Shimoliy yarim shariga oʻtish nuqtasi chiqish tuguni va Shimoliy yarim shardan Janubiy yarim shargaoʻtish nuqtasi botish tuguni deb qabul qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |