Chirchiq Elektrkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati
Chirchiq elektrkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati — Oʻzbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi. Ammiak selitrasi, karbamid, ammiak, suyuq ammiak, ammoniy sulfat va boshqa oʻgʻitlar; kaprolaktam, nitrat kislota, ammiak va metall sintezi katalizatorlari, quruq muz va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chikaradi. "Oʻzkimyosanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Korxona Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini, shu jumladan, paxtachilikni rivojlantirish bosh rejasiga muvofiq, Chirchiq daryosi boʻyida 1934-yildan "Chirchiqazot" nomi bilan kurila boshlagan. 1941-yil noyabrida dastlabki mahsulot — ammiak selitrasi ishlab chikarilgan. 1944-yilda kumirni gazga aylantirish negizida ammiak ishlab chiqaruvchi 2navbati, 1949-yilda katalizator fabrikasi, 1964-yilda karbamid sexi ishga tushirildi. 1961-yildan tabiiy gazdan ammiak ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1975-yildan Chirchiq "Elektrkimyosanoat" ishlab chiqarish birlashmasi deb nomlandi.
1994-yildan ustav kapitali 29 mlrd. 996 mln. sum (66,5 mln. AQSH dollari) boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyati (davlat ulushi 51%, xorijiy investorlar ulushi 49%) va hozirgi nomda.
2000-yilda bir sutkada ishlab chiqarish unumdorligi 1000 t gacha yetadigan yangi ammiak agregatini qurish boshlangan va 2003-yildan toʻliq quvvat bilan ishlamoqda. Mahsulotlari ichki bozorda sotiladi va chet ellarga eksport qilinadi (Xitoy, Turkiya, Eron).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |