Chiroqjoʻra volfram koni
Chiroqjoʻra volfram koni - Zirabuloq togʻlarining gʻarbiy qismidagi kichik kon. Chiroqjoʻra intruziv massivining shim.gʻarbiy qismida joylashgan. 1955-yilda ochilgan. Kon geol. sini N.D. Ushakov (195860), H.N. Boymuhamedov (1960) oʻrgangan. Konda silur davriga mansub ohaktosh yotqiziqlari mavjud. Volfram rudasi Chiroqjoʻra intruziv massivi ichida yotgan (750x100 m kattalikdagi) ohaktosh harsanglari (ksenolitlari) bilan granodioritlar tutashgan joyda hosil boʻlgan skarnlar bilan bogʻliq. Linzalar shaklidagi rudali skarnlar tarkibida volframning sheyelit minerali bor. Rudali skarn jismining uz. 150 m, qalinligi esa 0,4 m. Rudali skarnlar, asosan, piroksen, granat, kvars, sheyelit, stilpnomelan, antimonit, vezuvian, nontronit, pirrotin, xalkopiritlardan tarkib topgan. Volfram rudasi (sheyelit) juda mayda donachalar holida skarndagi piroksenlar orasida joylashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |