Chiangmay
(Chiyengmaydan yoʻnaltirildi)
Chiangmay, Chiyengmay - oʻrta asrlarda Shim. Tailand hududida mavjud boʻlgan davlat. 1296-yil knyaz (keyinchalik qirol) Mangray Xaripundjayyani bosib olib, asos solgan shahar nomidan olingan. 1556-yil Myanma tomonidan bosib olingan. 16—18-asrlarda Ch. goh Myanma yoki Siam (Ayutiya) vassali, baʼzan mustaqilligini tiklagan. 1775-yil uzilkesil Siam qirolligi tarkibiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |