Choʻchqachilik
Choʻchqachilik — chorvaniyaiknpng choʻchqalarni urchitish, ulardan goʻsht, yogʻ, teri va boshqa mahsulotlar olish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi; choʻchqalar biologiyasi, seleksiyasi, zootexnikasi, xoʻjalik ahamiyatini oʻrganadigan fan.
Choʻchqachilik chorvachilikning juda qad. tarmoqlaridan biri. Shaharlarning yiriklashuvi, aholining goʻsht va boshqa chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlari ortib borishi bilan Choʻchqachilik ham jadal rivojlandi. 18-asrdan Amerikada mahalliy choʻchqa zotlarini bu yerga olib kelingan yunonrim va qad. xitoy zotlari bilan chatishtirib, yangi sermahsul zotlar chiqarildi, tovar Choʻchqachilikdan naslchilik Choʻchqachilik ajralib chikdi, seleksiya ishlari olib borildi, naslchilik kitoblarini yuritish boshlandi, natijada yorkshirlar, berkshirlar kabi yuqori mahsuldor choʻchqa zotlari yaratildi.
Choʻchqachilik jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda goʻsht maqsulotlari yetishtirishda samarali soha hisoblanadi. Jahon boʻyicha choʻchqalar soni 912,7 mln. boshni tashkil etadi (1999); Afrika mamlakatlari (mln. bosh) (27,0), Xitoy (429,1), AQSH (62,2), Braziliya (27,4), Ispaniya (21,6), Rossiya (17,3) va boshqalarda yirik choʻchqachilik fermalari tashkil etilgan. Choʻchqa goʻshti yetishtirishning deyarli yarmi Osiyo mamlakatlari hiseasiga toʻgʻri keladi. ʻ Oʻzbekistonda Choʻchqachilik, asosan, 19-asrning 2yarmida, Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin bu yerga koʻchib kelgan yevropalik aholi orqali paydo boʻldi. 1960-yillarga qadar issiq iqlim noqulayliklariga qaramay, davlat va jamoa xoʻjaliklarining Choʻchqachilik fermalarida va, asosan, rus, ukrain, belorus va boshqa yevropalik aholining shaxsiy xoʻjaliklarida rivojlandi. Rossiya, Ukraina, Kavkazdan sermahsul oq choʻchqa, Ukraina dasht oq choʻchqasi, Shimoliy Kavkaz va landras choʻchqa zotlari keltirildi. Oʻzbekiston chorvachilik institutida Choʻchqachilik boʻlimi tashkil etildi. Choʻchqachilik bilan shugʻullanadigan naslchilik zdlari, xoʻjaliklari va fermalari barpo etildi. 1960—91 yillarda Choʻchqachilik sanoat asosida jadal rivojlantirilgan. Toshkent, Samarkand, Jizzax viloyatlarida ixtisoslashgan Choʻchqachilik komplekslari qurildi, jumladan, 108 ming boshga moʻljallangan "Gʻallaquduq", 54 ming boshga moʻljallangan "Sirgʻali" va "Rassvet" komplekslari ishga tushirildi. 1990-yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda choʻchqalar soni 716 ming boshga yetdi, 47 ming t choʻchqa goʻshti tayyorlandi. 1991-yildan keyin qishloq xoʻjaligida oʻtkazilgan iqtisodiy islohotlar davomida Choʻchqachilik fermalari xususiylashtirildi. Oʻzbekistonda 85,3 ming bosh choʻchqa boqildi, 5 ming t goʻsht tayyorlandi (2003).
Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti choʻchqachilik boʻlimida Choʻchqachilik ishlarini tashkil etish, choʻchqalarni parvarish qilish va ulardan sifatli mahsulot olish kabi mavzular boʻyicha tadk, iqot ishlari olib boriladi. Oliy va maxsus qishloq xoʻjaligi oʻquv yurtlarida Choʻchqachilik fan sifatida oʻqitiladi.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |