Choʻgari
Choʻgari, Choʻkari, Buxarka 944 — ertapishar mahalliy qovun navi (hozirgi Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik institutida K.I.Pangalo, M.K.Goldgauzenlar tomonidan yaxshilangan xiliga Buxarka 944 nomi berilgan). Mevasi yumaloq, baʼzan choʻzinchoqroq, oʻrtacha kattalikda, vazni 36 kg, uz. 2026 sm, tuyey och shvi sariq, yuzasi notekis, sal burishgan, toʻrsiz. Toʻni katta sariq yoki mallarang dogʻlar bilan qoplangan. Poʻsti yumshoq, eti oq, qalinligi 5—5,5 sm, sershira, sersuv, yumshoq, ogʻizda eriydi. Tarkibida qand miqdori 12,5%. Urugʻi yirik tuxumsimon, sariq. Niholi unib chiqqanidan keyin hosili 75—85 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ga. 1943-yilda davlat reyestriga kiritilgan. Toshkent viloyatida koʻproq ekiladi. Tuproq shoʻrligi va oqpalak kasalligiga chidamli.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |