Chodir jamol
Chodir jamol — oʻzbek anʼanaviy qoʻgʻirchoqteatriningturi. Unda qoʻgʻirchoklar qoʻlga kiyib oʻynatiladi. Shunga koʻra, u "qoʻl qoʻgʻirchoq" deb ham yuritiladi. Uning tomoshalari asosan kunduzi koʻrsatilgan. Sahnasi koʻpincha qizil yoki sariq tusli qattiq gazlamalardan xaltasimon qilib tikilgan boʻlib, chodir deb ataladi. Qoʻgʻirchoqboz chodir ichiga kirib quyi kismini beliga bogʻlab oladi, boshi uzra turadigan yuqori qismi esa oshiqmashukli bolorchoʻp, ostona, ikkita yon choʻp va tirgovuchlar yordamida toʻrtburchak sahna tusini oladi. Qoʻgʻirchoqboz oʻzi koʻrinmasdan choʻkkalab yoki tik turgan holda chodir ichiga tikilgan choʻntakda taxlab qoʻyilgan qoʻgʻirchoqlardan har gal ikkitasini chiqarib oʻynatadi. Qoʻgʻirchoklar qoʻndirilgan barmoqlar harakatlanishi bilan qoʻgʻirchoqlarga "jon" kiradi. Chodir jamol Oʻzbekiston hududida taxminan 5-asrda yuzaga kelgan. 14— 16-asrlar keng taraqqiy etgan. U, asosan, real hayotdan olingan voqealarni aks ettirgan.
Polvon Kachal — Chodir jamol teatrining bosh qahramoni. M. Gavrilov, L. A.Perepelitsina va M.Qodirov tomonidan Chodir jamol teatrida oʻynaladigan komediyaning bir qancha namunalari yozib olib, eʼlon qilingan. Shundan eng mukammali va qadimiysi samarqandlik qoʻgʻirchoqboz Quli bobo Novvotovdan M.Qodirov yozib olgan "Polvon Kachal sarguzashtlari" komediyasidir. 20-asrda xalq qoʻgʻirchoqbozlari, asosan, Chodir jamol turida ishlab keldilar. Yangi shakldagi professional va havaskor qoʻgʻirchoq teatrining tashkil topishida ham Chodir jamol muhim rol oʻynaydi.
Anʼanaviy Chodir jamol teatrining chodirlari va qoʻgʻirchoqlari muzeylar (Toshkent, Buxoro, Samarqand kabi)da saqlanadi.
Ad.Qodirov M., Xalqqugirchoqteatri, T., 1972.
Muhsin Qodirov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |