Choliqushi
„Choliqushi“ (turkcha: Çalıkuşu) – turk yozuvchisi Reşat Nuri Güntekin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1922-yil chop etilgan. Asarda yosh oʻqituvchi Farida va uning Komronga boʻlgan muhabbati haqida hikoya qilinadi.
Asl nomi | Çalıkuşu |
---|---|
Muallif(lar) | Reşat Nuri Güntekin |
Tarjimon(lar) | Mirzakalon Ismoiliy |
Til | turkcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1922 |
Nashriyot | Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi |
1968 1988 |
Sahifalar soni |
420 (1968) 395 (1988) |
ISBN | ISBN 5-635-00038-X 1988 |
Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta nashr qilingan.
1966-yil „Choliqushi“ asosida film suratga olingan. 1986- hamda 2013-yillarda esa asar asosida teleserial olingan. 1986-yilgi serial „Oʻzbektelefilm“ kinostudiyasida oʻzbek tiliga dublyaj qilingan.
Syujeti
tahrirRomandagi voqealar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarning bosh qahramoni Feride ota-onasining vafotidan soʻng, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Feride oʻz xolasining oʻgʻli Kamronni sevib qoladi. Kamron ham uni sevadi, ammo oilaviy sharoitga koʻra ular birga boʻla olmaydilar. Feride oʻqituvchi boʻlib ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi. Asar soʻnggida ikki yosh nihoyat bir-biriga yetishadi.
Qahramonlari
tahrir- Farida (Choliqushi) (turkcha: Feride (Çalıkuşu)) — bosh qahramon
- Komron (turkcha: Kâmran) — Faridaning sevgilisi
- Basima (turkcha: Besime) — Faridaning xolasi, Komronning onasi
- Mujgon (turkcha: Müjgan) — Faridaning xolavachchasi
- Oysha (turkcha: Ayşe) — Faridaning xolasi, Mujgonning onasi
- Munisa (turkcha: Munise) — Faridaning boqib olgan qizi
- Xayrullo (turkcha: Hayrullah) — yoshi keksa doktor
- Sayfuddin (turkcha: Seyfettin) — Komronning otasi
Oʻzbekcha nashr
tahrirRomanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta, jumlaldan, 1968- hamda 1988-[1] yillarda chop etilgan. Mazkur nashrlar Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Roman oxirida Miad Hakimov soʻngsoʻzi keltirilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Choliqushi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-noyabr.
Havolalar
tahrir