Chor Bakr madrasasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur madrasa Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi vakili Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. Xonaqoh Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Madrasa Abdullaxon II tomonidan XVI asrda qurilgan boʻlib, Chor Bakr majmuasida bunyodkorlik ishlarini olib borilgan. Madrasa koʻp hujrali boʻlib, tashqi qismida namozgoh maydoni mavjud. Chor Bakr madrasasi Buxoroning oliy toifali madrasalaridan biri hisoblangan. Madrasa peshtoqi 3 qavatli boʻlgan va uch qavatda ham hujralar boʻlgan. Madrasa dahanasi uch ravoqqa boʻlingan[1]. Tarixnavis Hofiz Tanish Buxoriy oʻzining „Abdullaxon“ asarida madrasa toʻgʻrisida maʼlumot keltirgan boʻlib, madrasa peshtoqida suradan oyat bitik keltirilganligi toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Ammo ushbu bitiklar hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Madrasada 1950, 1971, 1999-yillarda taʼmirlash ishlari olib borilgan. 1999-yilgi taʼmirlashda ustalar madrasaning oldingi poydevoriga qarab qayta tikladilar. Madrasa obi gʻishtlardan bunyod etilgan. „Abdullanoma“ asarida madrada haqida shunday yozilgan: „Uning madrasasida mashhur olim va fozillardan biri muallimlik masnadida oʻltirib, zaruriy va diniy ilmlarni oʻqitardi hamda vaqflardan toʻla hissador edi. U joyda oʻquvchilar ham yaxshi maosh bilan taʼmirlanib, hamisha xotirjamlik bilan mutolaa qilinishiga kirishadilar“. Madrasa poydevorida va devorlarida boʻylar bilan qoplangan. Hujralarni qurishda asosan arki duzi usulidan foydalanishgan. Madrasada tahsil oluvchi talabalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida oʻchoq, sandal joyi va kitoblar uchun ravoqlar bunyod etilgan. Ikkinchi qavatda joylashgan hujralarda zinapoyalar orqali chiqiladi. Madrasa Oʻrta Osiyo uslubida qurilgan[2].

Chor Bakr madrasasi
Muqobil nomlari Chor Bakr madrasasi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi madrasa
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVI asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 2

Manbalar

tahrir
  1. Бухоро тумани тарихи 2015, s. 29.
  2. Чор Бакр 2001, s. 79-80.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Ражабов Қ, Ҳайитов Ш, Содиқов Ф. Бухоро тумани тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2015 — 52-bet. ISBN 978-9943-24-118-3. 
  • Ҳусенов С, Ражабова И. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet.