Chor Bakr masjidi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur masjid Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi vakili Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Chor Bakr masjidi
Muqobil nomlari Chor Bakr masjidi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi masjid
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVI asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 2

Tarixi

tahrir

Masjid XVI asrda Abdullaxon II tomonidan qurilgan boʻlib, Chor Bakr majmuasida bunyodkorlik ishlarini olib borilgan. Masjid gumbazli boʻlib, ikki qavatli hujralardan iborat. Masjid ichkari qismi arki duzi shaklida bunyod etilgan. Masjid madrasa va xonaqoh oʻrtasida joylashgan[1]. Masjid peshtoqida kitoba bitik mavjud va unda Qur’oni Karimning „Al-isro“ surasining 1-4-oyatlari keltirilgan. Kitoba bitik yozuvlari suls xatida boʻlib, koshinkoriy va gʻishtkoriy uslubda bezatilgan. Masjiddagi bitik shunday yozilgan: „Olloh bir kecha oʻz bandasini unga oyat-moʻjizalarimizdan koʻrsatish uchun Masjid al-Haromdan biz atrofini barokotli qilib qoʻygan Masjid al-Aqsoga sayr qildirgan pok zotdir. Darhaqiqat, u eshituvchi va koʻrguvchi zotdir[2]“. Chor Bakr masjidida Oʻzbekiston mustaqillikda erishgandan soʻng, taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Meʼmorchiligi

tahrir

Chor Bakr masjidi Oʻrta Osiyo uslubida qurilgan. Masjid qurilishida pishgan gʻisht, ganch, yogʻoch va boshqa materiallardan foydalanilgan. Masjid peshtoqining balandligi 20-30 metrni tashkil etadi. Poydevori esa 12 metrdan iborat. Masjid poydevorida qamish qoʻyilgan boʻlib, qamishning balandligi 50 santimetrni tashkil etadi. Yodgorlik poydevoriga qamish qoʻyishdan asosiy maqsad nam va zaxdan binoni nurab qolishini oldini olish hisoblanadi. Bino ichkarisida mehrob boʻlib, turli naqshlar bilan bezatilgan. Chor Bakr masjidi eshiklari Buxoroning qayragʻoch daraxti yoʻgʻochidan tayyorlangan. Buxoroning qayragʻoch daraxti yogʻochi mustahkam boʻlgan[3].


Manbalar

tahrir
  1. Бухоро тумани тарихи 2015, s. 29.
  2. Чор Бакр 2001, s. 80.
  3. Чор Бакр 2001, s. 80-81.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Ражабов Қ, Ҳайитов Ш, Содиқов Ф. Бухоро тумани тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2015 — 52-bet. ISBN 978-9943-24-118-3. 
  • Ҳусенов С, Ражабова И. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet.