Chor Bakr xonaqohi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xonaqoh Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi vakili Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. Xonaqoh Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Chor Bakr xonaqohi
Muqobil nomlari Chor Bakr xonaqohi

Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obida
Turi Xonaqoh
Shahar Buxoro
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi boshlangan XVI asr
Texnik holati
Material pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch
Qavatlar soni 2

Tarixi

tahrir

Xonaqoh XVI asrda Abdullaxon II tomonidan qurilgan boʻlib, Chor Bakr majmuasida bunyodkorlik ishlarini olib borilgan. Xonaqohning uch tomonida ikki tabaqali eshik qurilgan, qibla tomoni mehrob bilan bezalgan. Peshtoq qismi ikkita hujrali boʻlib, tashqi tomoni ayvonli. Xonaqoh peshtoqi bezagida koshinkor naqshlar va ikki yon tomonida guldastalar mavjud[1]. Yodgorlik ichkari qismining gumbazi arki duzi uslubida ishlangan. Peshoqdagi katibada koʻk fonda oq harflar bilan yodgorlik qurilish tarixi, kim tomonidan bunyod etilgani suls xatida keltirilgan. Ushbu bitikda shunday yozilgan: „Ushbu binoni qurishga va uni qurib bitkazishga yordam bergan osmon ostidagi qudratli, yuqori darajali, misli koʻrilmagan odil, hukmron hokimiyatga kelgan, odillik quroli yuqori sifatlar… Gʻalaba va adolat bayrogʻi. Odamzod ishonchi, hokimiyat kiyomi namunasi dunyoni zabt etuvchi jasorat egasi, dunyoni boshqaruvchi — quyosh, dunyoning yorugʻ oyi, yangi chiqqan yorugʻlik… va ufq amiri oʻz davrining amiri. Adolat taxtiga chiqqan… mamlakat hukdori Abdul-Gʻoziy Iskandar Bahodirxondir… Ushbu yozuv 970-yilda (hijriy) xalifa Qul Neʼmat ul tomonidan yozib tugatildi“. Xonaqohning katiba qismida „Baqara“ surasining 61-62-oyatlatlari keltirilgan[2].

Meʼmorchiligi

tahrir

Chor Bakr xonaqohi Oʻrta Osiyo uslubida qurilgan. Binoning balandligi 20 metr, poydevori esa 12 metr, eni esa 2 metrni tashkil etadi. Gumbazning balandligi 22 metr boʻlib, aylana yuzasida „Tayyiba“ kalimasi, pasti esa islimiy naqshlar bilan bezatilgan. Xonaqoh qurilishida obi gʻisht ishlatilgan.


Manbalar

tahrir
  1. Бухоро тумани тарихи 2015, s. 29.
  2. Чор Бакр 2001, s. 78-79.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir
  • Ражабов Қ, Ҳайитов Ш, Содиқов Ф. Бухоро тумани тарихи. Tошкент: Тафаккур нашриёти, 2015 — 52-bet. ISBN 978-9943-24-118-3. 
  • Ҳусенов С, Ражабова И. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet.