Chorbaqqoli koʻchasiBuxoro shahrida joylashgan koʻcha. Joyning toʻliq tarixiy nomi Chorbaqqoli Darvozayi Oʻgʻlon, yaʼni „Oʻgʻlon darvozasi oldidagi bozorcha“. Koʻcha aholisi yogʻoch ustachilik va un savdosi bilan shugʻullangan. Oʻgʻlon darvozasi Oʻgʻlon madrasasiga tutash boʻlgan[1]. Sovet davrida darvoza ham, madrasa ham buzib tashlangan. Darvoza yaqinida Oʻgʻlon Ato qabri joylashgan. Darvoza nomi shundan olingan. Guzar 1887-yilga oid vaqfnomada tilga olinadi[2].

Chorbaqqoli koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro



Manbalar

tahrir
  1. Toʻrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Тўраев Ҳ. Бухоро вилояти топонимлари юзасидан айрим мулоҳаза ва тавсиялар. „Buxoronoma“. — 2020.