Chornobaivka

Чорнобаївка
village
Skyline of Chornobaivka
Chornobaivka
Bayroq
Chornobaivka
Gerb
46°42′2″N 32°32′52″E / 46.70056°N 32.54778°E / 46.70056; 32.54778
Asos solingan 18-avgust, 1782-yil (242 yil avval) (1782-08-18)
Aholisi
 (2001)
9 275
[[File:|290px|Chornobaivka xaritada]]
Chornobaivka
Chornobaivka

Chornobaivka (ukraincha: Чорнобаївка,talaffuzi [t͡ʃornoˈbɑjiu̯kɐ]) — Ukraina janubidagi Xerson viloyati, Xerson tumanidagi shahar chetidagi qishloq[1]. Unda Ukrainaning aholi punkitlari biri bo'lgan Chornobaivka qishloq kromasi ma'muriyati joylashgan[2]. Xerson xalqaro aeroporti Chornobaivkada joylashgan.

Tarixi

tahrir

Tashkil etishi

tahrir

Chornobaivka rasmiy ravishda 1782-yil 18-avgustda Zaporojye Sich kazak Petro Chornobay tomonidan Ketrin II dan yer uchastkasini olganidan keyin tashkil etilgan. Qishloq nomi Petro Chornobay nomidan olingan[3].

Rivojlanishi

tahrir

Chornobaivka asta-sekin o'sib bordi. Xerson viloyati zemstvo hujjatlaridan ma'lumki, 1859-yilda qishloqda 60 ta uy mavjud bo'lib, ularda 239 kishi yashagan. Chornobaivka aholisining asosiy daromadi ohaktosh qazib olish edi. Oʻsha paytda xoʻjaliklarda vino doʻkonlaridan boshqa savdo korxonalari yoʻq edi. Sog'liqni saqlash resurslari cheklangan edi. Birinchi maktab XIX asr oxirida ochilgan va unda 26 o'g'il va 6 qiz o'quvchi o'qigan. 

1902-yilda Chornobayiv xutorida oz sonli bolalar uchun boshlang'ich maktab ochildi[3]

Ikkinchi jahon urushi

tahrir

Ikkinchi jahon urushi paytida fashistlar Germaniyasi 1941-yil 9-avgustdan boshlab Chornobaivkani bosib oldi 1942-yilda fashistlar shaharlik yoshlarni Germaniyaga majburan deportatsiya qila boshladilar. Bosqin davomida 242 kishi deportatsiya qilingan va majburiy mehnatga majburlangan. Nihoyat, 1944-yil 14-martda Qizil Armiyaning 295-oʻqchi diviziyasi qishloqni ozod qildi[4].

20-asr oxiri va Ukraina mustaqilligi

tahrir

1970-yillarning boshlarida Chornobaivkada "radikal" rivojlanish sodir bo'ldi. Beshta asosiy ko‘chaga asfalt yotqizildi, yangi uylar qurildi, suv tarmog‘i tortildi, radio tarmog‘i tashkil etildi[5].

2006-yilda Chornobaivka shahrida joylashgan Xerson aeroporti xalqaro maqomga ega bo'ldi[3].

2022-yil Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi

tahrir

2022-yil 24-fevraldagi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining dastlabki bosqichlarida rus kuchlari aeroportni nazoratga oldi. Ukraina manbalariga ko'ra, rossiyalik generallar Andrey Mordvichev va Yakov Rezantsev Ukrainaning Chornobaivkaga bergan qator zarbalarida halok bo'lgan[6][7]. Ammo Mordvichevning Mariupolda Ramzan Kadirov bilan uchrashgani aks etgan videodan so‘ng uning tirikligi tasdiqlangach, ukrainaning Mordvichev o‘limi haqidagi da‘volari rad etildi[8][9]. Ammo Rezantsevning o'limi hali ham tasdiqlanmagan.

Shahar 2022-yil 11-noyabrda Ukraina qo‘shinlari tomonidan ozod qilingan[10].

Geografiyasi

tahrir

Chornobaivka Ukrainaning janubida, Sharqiy Yevropa tekisligidagi Qora dengiz pasttekisligidagi dasht zonasida joylashgan. Aholi punkti viloyat markazidan 10 km uzoqlikda joylashgan. Kyivgacha bo'lgan masofa 414 km.

Taniqli odamlari

tahrir
  • Aleksey Kirichenko, sovet siyosatchisi[11].
  • Yurii Vukhnal [uk], yozuvchi va hazil muallifi[12].
  • Motorny Dmitry Konstantinovich [uk], Sovet va Ukraina qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining ixtrochisi, ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966, 1986). Ukraina Qahramoni (2002).

Aholisi

tahrir

2001-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, qishloqda 9275 kishi istiqomat qilgan[13]. 2001-yilda Chornobaivkaning ona tilidagi tarqalishi[14].

Til Odamlar soni Odamlarning ulushi
ukrain 8505 91,70 %
rus 680 7.33 %
belarus 35 0,38 %
moldova



</br> ( Rumin )
21 0,23 %
arman 7 0,08 %
Roman 5 0,05 %
polyak 2 0,02 %
bolgar 1 0,01 %
Boshqa 19 0,20 %

Manbalar

tahrir
  1. „Чернобаевка » Мой город — Херсон“ (ru-RU). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  2. „Чорнобаївська громада“ (uk). Портал об'єднаних громад України. 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 Тарчевська. „Чорнобаївка – край козаків: історія села, де війська РФ зазнають поразки одна за одною“ (uk). Fakty ICTV (2022-yil 22-mart). 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
  4. Kostenko & Nesterenko (2017)
  5. Kostenko & Nesterenko (2017)
  6. Cole. „Ukraine claims to have killed fifth Russian general since start of the war“ (en). Newsweek (2022-yil 19-mart). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  7. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (uk). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  8. „Chechen Leader Travels to Mariupol: Reports“. The Moscow Times (2022-yil 28-mart).
  9. „Deaths of generals expose Russia's troubles in Ukraine“. France24 (2022-yil 28-mart).
  10. Mahuryak, Ivan. „ЗСУ в Бериславі, а в легендарній Чорнобаївці – українські прапори“ (uk). Channel 24 (2022-yil 11-noyabr).
  11. Kostenko & Nesterenko (2017)
  12. Encyclopedia of Ukraine Husar Struk: . University of Toronto Press, Scholarly Publishing Division, 15 December 1993. ISBN 9781442651272. 
  13. „Облікова картка с Чорнобаївка Херсонська область, Білозерський район“ (uk). 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Розподіл населення за рідною мовою, Херсонська область (у % до загальної чисельності населення) - 065 БIЛОЗЕРСЬКИЙ РАЙОН“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-fevral.

Biblografiya

tahrir
  • Kostenko, Anton. {{{title}}} (uk), 2017. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.