Chorvachilik instituti
Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti — ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy chorvachilik markazi tarkibida. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Qizil Shalola posyolkasida joylashgan. 1939-yil 29-noyabrda Oʻrta Osiyo chorvachilik hamda otchilik styalari negizida tashkil etilgan. Institutda 23 boʻlim (sutdor qoramollar seleksiyasi va ularni koʻpaytirish hamda sut ishlab chiqarish texnologiyasi; goʻshtdor qoramollar seleksiyasi va ularni koʻpaytirish hamda ishlab chiqarish texnologiyasi; qoʻychilik va echkichilik; choʻchqachilik va choʻchqa goʻshti ishlab chiqarish; parrandachilik, parrandalar seleksiyasi va genetikasi; otchilik; qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziqdantirish va boshqalar), maxsus tadqiqotlar olib boruvchi guruxlar bor. Institut tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali, Toshkent viloyatida „Qizil Shalola“ tajriba xoʻjaligi, A. Usanov nomidagi shirkatlar uyushmasi (goʻshtdor qoramolchilik va santagertruda zotli qoramollarni koʻpaytirish boʻyicha); „Erkin“ shirkatlar uyushmasi (makkajoʻxori seleksiyasi va urugʻchiligi boʻyicha); Surxondaryo tayanch punkti (goʻsht yoʻnalishidagi qoramollarni urchitish boʻyicha); Samarqand laboratoriya. (qoraola zotli qoramollarni koʻpaytirish boʻyicha); fermentlar ishlab chiqaruvchi laboratoriya, Parrandachilik seleksiyagenetika styasi; Chatqol asalarichilik tajriba xoʻjaligi; bushuyev zotli qoramollarni tarqatish korxonasi; chorva va parranda zotlari, ozuqabop ekinlar, chorvachilikni mexanizatsiyalash boʻyicha koʻrgazma paviloni; chorvadorlar ilgʻor tajriba va mexanizatorlar malakasini oshirish maktabi faoliyat koʻrsatadi. Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari: chorva mollari va parrandalarning mavjud zotlarini takomillashtirish va yangi zotlarini yaratish; ozuqabop ekinlarning serhosil navlari va duragaylarini yaratish; chorvachilik va yemxashak yetishtirishning jadal texnologiyalarini ishlab chiqish; chorva mollari va parrandalarni ilmiy asoslarda boqish, ularning mahsuldorligini oshirishning biologik asoslarini oʻrganish va 6 institut tashkil etilgandan beri sutdor bushuyev zotli qoramol, jundor va tivit beradigan Oʻzbekiston echki zotlari, qoraola va qizil choʻl zotli qoramollarning 4 tizimi, goʻsht yoʻnalishidagi qoramol zotlarining nasldor podasi, qoʻylarning 9 tizimi, tovuqlarning mahsuddor 2 ta guruhi, ozuqabop ekinlarning 16 navi va duragaylari yaratildi. Oʻtgan davr ichida institutda 1 akad., 20 dan ortiq fan doktori va 300 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chikdi. Institutda ilmiy kutubxona, aspirantura, ixtisoslashgan ilmiy kengashlar mavjud. Ilmiy asarlar, monografiyalar, tavsiyanomalar nashr etiladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |